View in Telegram
Nuh alayhissalomning hasratlari Shunda Nuh alayhissalom o‘z ishlarini, dardu hasratlarini to‘kib soldilar. Alloh taolo Nuh surasida marhamat qiladi: «Nuh dedi: «Robbim, ular menga isyon qildilar va moli, bola-chaqasi ziyondan boshqani ziyoda qilmaganga ergashdilar. Va nihoyatda katta makr qildilar. Va ular: «Ilohlaringizni hech tark qilmanglar va Vaddni ham, Suvo’ni ham, Yag‘usni ham, Ya’uqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar» (21-23-oyatlar). Rivoyatlarda kelishicha, Vadd, Suvo’, Yag‘us, Ya’uq va Nasrlar solih, taqvodor kishilar bo‘lishgan. Odamlar ularni nihoyatda yaxshi ko‘rib, hurmat qilishgan. Vaqti-soati yetib, ular vafot etib ketishgach, odamlar shayton vasvasasiga uchib, ularning suratlarini chizishgan, so‘ng haykallarini yasab olishgan. Ular ziyorat qilingan va asta-sekin ularga dardu hasratlar aytiladigan bo‘lgan. Oqibatda vaqt o‘tib, ularga iloh deb qaralgan va ibodat qilingan. Nuh alayhissalomning duolari Umid uzilgandan keyin Nuh alayhissalom o‘zlarining mashhur duolarini qildilar: «Darhaqiqat, ular ko‘plarni adashtirdilar. Va Sen zolimlarga zalolatdan boshqani ziyoda qilma» (Nuh surasi, 24-oyat). Nuh alayhissalomning duolari qabul bo‘ldi. Alloh taolo kofirlarni bitta ham qo‘ymay halok qildi, chunki ular insoniyat badaniga tushgan qorason kasali kabi ediki, ularni kesib tashlamasa bo‘lmasdi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily