Ҳалима Аҳмедованинг шеърлари юракнинг илғанмаган қаърларидан чиқаётгандай таассурот қолдиради. Бу теран садолар ортида яна аллақандай садолар бордай, улардан ҳам чуқурроқда яна ўзга сирли садолар... Садо ортидан садо келади бу жигархун шеърларни ўқиганда.
Уларда қувончлардан кўра мунг кўпроқ, мунг шиддатлироқ. Мен мунг қатъиятга айлана бораётганини аллақандай ҳис қилиб, сезиб тураман. Эҳтимол, кўп нарсаларни йўқотган ва ташқарида ҳам жуда кўп нарсалар йўқолиб бораётганлигини англаган, туйган одам шундай сўзлайди, шундай шеър айтади.
Булар – айтмасликнинг сира иложи қолмаган сўзлар. Лекин булар – ваъдалар эмас. Булар – баайни ўтиб бораётган, ўпирилиб бораётган, онтарилиб бораётган реалликлардир. Шу бизнинг жуда сероғриқ дунёмизнинг реалликлари.
Ўткир қиличнинг дами кўринмайди. У кесиб кетгандагина билинади. Садпора деган сўз бор. Ҳалиманинг шеърларини ўқиганда, кўнгил шу ҳолатга тушади, қиличнинг кўз илғамас дамига баногоҳ, ихтиёрсиз дуч келгандай туюлади кишига.
Oy o'g'irlab ketsa bir kuni, Mani g'amgin nurlar yurtiga. Yuragimni yashirgin, ona, Botayotgan quyosh ortiga. Yalpizlarning diliga cho'kkan Bolaligim ko'zlarini top. Aldab, yupat, meni eslab gar, Kelsa bedil xotirkash azob. Ishqning mangu darvozasiga Ro'molimni osib qo'y, ona. Man malaklar bazmidan u kun, Termulgayman ishqli devona. Shamolga ayt, keltirsin xabar, Unga manim ismimni boyla. Man tushiga kiray dunyoni Onajon, sen alla ayt, alla. Oy o'g'irlab ketsa bir kuni Mani g'amgin nurlar yurtiga. Yuragimni yashirgin, ona, Botayotgan quyosh ortiga.
Taniqli shoira Halima Ahmedovaning sheʼrga sig‘magan tuyg‘ulari, xotiralari, xulosayu o‘ylari ushbu kitobda jamlangan esse, maqola, hikoya va novellalardan qo‘nim topgan. Shoiraning dramaturg, ssenariynavis sifatidagi ijodi bilan ham shu to‘plam orqali tanishishingiz mumkin. Sheʼr shakliga kirmagan va janri esse yoki novella, hikoya yoki maqola deb belgilangan ushbu “sheʼr”lar Siz, aziz o‘quvchilarga manzur bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid Masʼul muharrir: Mansur Jumayev Nashriyot: “Adabiyot”
Sevimli shoira Halima Ahmedovaning «Shudringli parchalar» nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.
Kitobda shoiraning she’rga sig‘magan tuyg‘ulari, xotiralari, xulosa-yu o‘ylari jamlangan esse, maqola, hikoya va novellalar o‘rin olgan. Shoiraning dramaturg, ssenariynavis sifatidagi ijodi bilan ham shu to‘plam orqali tanishish mumkin.
Адабиёт оламига кирган инсон борки, менимча бу дунёдан яхшилик излаб яшайди. Аслида мен барча ижодкорларни (хом хаёл деб ўйламанг) эзгулик элчилари деб биламан. Улар қайсидир маънода тили, миллати, мансабидан қатъи назар бир-бирига қариндошдек туюлади менга…
day, Ko‘zim mung libosin yirtib tashladi. Hatto tegramdagi zulmatli olam, Vo ajab, Nurlarga aylana boshladi... “Sog‘inib yashadim”... Nega buncha kech?! Qismatning izmiga yo‘q hech bir sabab. Asrashga qodirdir nahotki meni Xazon g‘azabidan Shu bir og‘iz gap?!.. Boshdan oyog‘im nur, Boshdan oyog‘im...
***
Begunoh parvardigor, Gunohkorman oldingda... Maysalarga aylansam — Qolamanmi yodingda? Rayhon bargi silkinib, Yuz ochsa shabbodaga, Shabnamga ko‘ngil bersam — Qonamanmi bodaga? Ishq faslidan adashib Dil so‘rasa qaldirg‘och, Karbalo dashti uchun Jonim bo‘larmi xiroj? Subhidam kokillarin Tarasa malak yog‘du, Mendan umidin uzib, Tashlab ketarmi qayg‘u? Begunoh Parvardigor, Gunohkorman oldingda... Halimadan voz kechsam Qolamanmi yodingda...
***
O‘zingni tiy, sharmanda qilma, emasmiz-ku biz qadrtalab. Shu ozgina ko‘rgulik uchun Axir shartmi ketishing qulab. Har qancha g‘am, azob bo‘lmasin, Dardkash yuragimda to‘lib tur, Men qiynalib dard chekkan tunlar, Ko‘zlarimda porlab, kulib tur. Garchi bugun... Toshdan ham og‘ir — Yemirilib borarkan loshim, Boshing uzra ko‘tar ko‘nglimni — Meni yupat, Yupat, ko‘z yoshim. ...Hozir esa yurak ichida Kuyla, g‘animlarning qasdiga, Kechirmayman agar yiqilsang, Pastkashlarning oyoq ostiga...
VAQT
Xosiyat Rustamovaga
...Ishonmang, hayotda vaqt yo‘qdir, Uni biz yaratdik, deding entikib. Rostdan shundaymikan, o‘yladim — Olis ufqlarga ko‘z tikib... Lahzalar sochilib yotibdi, Maysalar, gullarda, daraxtda... Kim tug‘ilib, kimdir o‘lyapti, Tan olging kelmagan shu Vaqtda. Bozor xaltalari yelkada, Vaqt ketayapti ko‘chalarda jim. O‘zin osib qo‘ydi bilmasdan — Vaqtning yuragiga allakim. Mozordagi har bitta qabr — Ishdan chiqib zanglagan soat. Yugurishdan charchab qolgan Vaqt Shu makonda dam olar faqat. Ammo kecha-kunduz tinmasdan, Biz bilgan ilohiy Soatsoz Zanglab ketgan qadim soatning Millariga beradi pardoz. Juda og‘ir Vaqt oyoqlari — Shafqat qilmay yanchadi dilim. Ishlab ketsa zanglagan Soat, Keyin nima qilamiz, singlim?
SHAROB
Mezbon dasturxonga qo‘ydi maqtanib: “Mana bu ming yillik qadimiy sharob”. Billur qadah ichra chayqalib, sirli, Sharob boqar edi etgancha itob. Kimdandir eshitgan edim go‘yoki, Odamning qoniga o‘ch bo‘larkan tok. Qadimda shohlarning usta bog‘boni, Pinhon keltirarkan kim bo‘lsa halok. Ko‘markan so‘ng uni tok ildiziga, Shundan gurkirarkan uzum daraxti. Uning sharobidan sarxush podshohning Tillolari ekan — bog‘bonning baxti. Jonimga alanga yugurdi nogoh, Sharobdan simirib edim bir qultum. Men sening qoningni ichdim, Bilmayman — Sen kimning qonini ichganding uzum?!
SURATKASH KO‘ZIM
Qorachig‘i qadoq mehnatkash ko‘zim, Suratga olasan borliqni tinmay. Kichik chumolidan koinotgacha, Suratin ishlaysan sen hech erinmay. Bunchalar mohirsan, bunchalar hushyor, Ishingni ko‘zini yaxshi bilasan. Nafis suratlarni pardozlab yana Ko‘nglimning uyiga sekin ilasan. Sen olgan suratga qarab har kuni, Yoniq she’rlar yozdim, yuragimda cho‘g‘. Shuncha she’rlar yozib, shuncha she’r bitib, Hali ham hayotni tushunganim yo‘q. Yaxshiyam bilmaysan, qaysidir bir kun — Qazo darvozasi ochilgan mahal, Yagona musavvir parvardigor deb, Barcha suratlaring yirtadi Ajal.
Bir yorug' kun kelar.. Ko'zlarim kulolning hajrida yonar. Lablarim musallas nuri to'kilgan Sog'arning sohira guliga do'nar.
Bir yorug' kun kelar...
* * *
O'tajakman bu dunyodan, Dunyo mandan o'ta bilmas. Rohiba - oy, rohib - xayol Mani bunda tuta bilmas. Men o'tarman, mungli-mungli Manimdan so'ng ko'zlar qolur. O'tarman ko'ksim arolab, Yergacha ildizlar qolur. Men o'tarman bir tun kabi, Toshga to'la izlar qolur, O'tajakman bu dunyodan. Dunyo mandan o'ta bilmas, Rohiba - oy, rohib - xayol Mani bunda tuta bilmas...
O'ZIMGA QASIDA
Kuzak bahor, Atirgul oy, S?vgi gadoy, Dil lolazor Bo'lmoqchi edi.
Daraxt shamol, Qayg'u b?hush, Xazon ayol, Ayriliq tush Bo'lmoqchi edi.
Zamin osmon, Xo'rlik kamon, Falak qaroq, Zulm tuproq Bo'lmoqchi edi.
Ular nima bo'ldi - Bilmadim. Men Halima - Bo'laolmadim.
Huvillagan yurakday hovli, Onamnimi, eslab ezilar. Men bilaman, har bir qadamda, Onajonim o'rni sezilar.
Bag'ringizni quyoshga tuting, Dilingizga suyansin osmon. Bahorning xush sabolarida, Uchib borayapman, dadajon.
Toshkentning hur ko'chalarida, Majnuntollar qaddin bukadi Buxoroda - Po'lat qishloqda, Bodom gullarini to'kadi.
* * *
To'liqib-to'liqib oqar kun, Yodingni tiladi oy xanjar. Qaydadir xotirang haqqini Hur xayol o'padi mushtipar.
Bu latif kechaning bag'rini Bir qo'shiq to'ldirar shikasta. Nafis oy nuriga osilib, Tushingga kiraman ohista.
* * *
Boshdan oyog‘im nur, Boshdan oyog‘im... Shaffof havolarga ketdim chirmashib, Agar menga boqsang, Shu lahza quyosh — Raxshona ko‘zlaring ketar qamashib. “Sog‘inib yashadim” — Bu qanday kalom? Boshqa so‘z na hojat, Sharhga na hojat. Hayotni boshimga ko‘tarib bugun — Qayoqqa ketayapman, betoqat... Ming yillik zindondan Chiqqan mahbus
Sen nega kulasan? Mening dardlarimni anglamagan G'am! Uni sevaman, deb, ichmadim qasam, Shamollar tilida qo'shiqlar aytsam, Sen nega kulasan?
Loyqa daryolarday loyqa tafakkur, Chayqalsa dilimda bir shubha manfur, Shirin qayg'ularga aytsam tashakkur, Sen nega kulasan?
Uchdim, deb men kirsam yerning qa'riga, Ko'rsatsam, jannat bor cho'ldan narida, Bir kun aylanaman, desam, pariga, Sen nega kulasan?
So'rasam: aytingiz, nechanchi bahor, Muhabbatga borsam, ayla, deb, bemor, Qurigan og'ochdan tilasam mador, Sen nega kulasan?
Mening dardlarimni anglamagan G'am! Men bir kun ko'zingda xok bo'lib cho'ksam, Bu noshud hayotning ustidan kulsam, Unga, sevaman, deb aytmasdan, o'lsam. Sen nega yig'laysan?
* * *
Bir yorug' kun kelar... Ko'ksimni teshadi oyning nayzasi. O'ychan yulg'unlarning ostida M?ni ko'mib k?lar maysalar sasi.
Bir yorug' kun kelar... Diydorlar vasliga to'yadi ko'zim, Moviy iztirobning oydin tushiga - Ufq ko'ylagida kiraman o'zim.
Bir yorug' kun k?lar... M?ni aldamaydi na hasrat, na baxt. Xazonlarin bir-bir to'ka boshlaydi Ildiz
kimning haromi bolasi, g’iybat?! Qo’ling qon, Ko’plarni etgansn qurbon, Yemirasan toshday sabrlarni ham. Zerikkan chog’ingda o’yinchoq qilib O’ynaysan tili yo’q qabrlarni ham. Mudom yuraklarga boshqorong’usan, Kezasan hasaddan bo’lib ikki qad Sendan hazar qilar do’zax olovi, Iblisning xandasi senmisan, G’iybat?! Men sendan qo’rqmayman, Garchi ayyorsan… Ko’nglimni xudoga etganman tortiq. Ayt-chi, Yaratganga yetarmi kuching?.. Endi sening bilan oramiz ochiq.
* * *
Hayvonot bog’ida temir qafasda Bir bo’ri yashaydi, ko’zida hazar, Kimdir non tashlaydi, yana kimdir go’sht, Ortini o’girib qilmaydi nazar. Tomoshabin hayron, non bersa agar, Dumin likillatib qo’yar baliqlar. Hatto so’laqmonday gavdasi bilan Non berganga qulluq qilar ayiqlar. Garchi madori yo’q, yemas hech narsa, Xiralashib borar ko’zlarin nuri. Tirnog’in qonatib tirnar devorni Ozodlikdan umid uzmagan bo’ri. Negadir ko’zimda halqalandi yosh. Nogoh ravshan tortib qalbimning qo’ri. Rost gap, odamligim esimdan chiqib, Senga ta’zim qildim, ey mag’rur bo’ri. Har gal eslaganda yuragim yonib, Ko’zimga olovli ko’zing urilar. Qonli tirnog’ingga arzimas hatto Non talashgan odam – chiyabo’rilar.
* * *
Qadr degan bozorlarda meni arzon sotding, ey do’st, Suyagimni davralarning itlariga otding, ey do’st. Olloh slogan nazar edi, malakalardan xabar edi – Gul ko’nglimning sirlaridan to’qib yotding, ey do’st. Men nur dedim nigohingni, savob balsam gunohingni – Yuzimga qoralar chaplab, yana kulib qotding, ey do’st. Umidimni xarob aylab, ko’zimni makrda boylab, Jonimga gulxanlar joylab, dil qonimga botding, ey do’st. Halimani badnom etib, pinhon ajalini kutib, Hasaddan zardoblar yutib, do’zaxni uyg’otding, ey do’st.
ISTAMA SEVGUVCHI DIL...
Istama sevguvchi dil, sen istagan yor mandadur, Ishq uyida avliyo etgan qizil xor mandadur.
O'ynashur jon shu'lasida umrimi margi xazon, Ul xazon kaftida yotgan do'zzaxiy zor mandadur.
Dayri mug' savdosida may bo'lsa gar ko'ngil qoni, Ich, g'amim sarxush bo'larsan mayxona bozor mandadur.
Haq agar oshuftadur, oshuftadur jonim mening, Mansuri Xallojda ketgan sohiri zor mandadur.
Qayg'uning ehsonida yeldagi oshiq oy kabi, Bemurod baxtni yopingan qayg'uchan attor mandadur.
Befasl otgan umr darvozasi dard zangidir, So'ngagimi ichida yotgan beqalov qor mandadur.
Bu ko'ngil vayron etilgan chorasiz ishq shahridir, Sen xiyonat toshin otgan Kabai-gor mandadur.
O'ldimu ikki ko'zim qabrim bo'lib qoldi mening, Ruhlar orzusida bezovta mozor mandadur.
Garchi jannat qayg'usi etmas meni devonahol, Bir yorug' qayg'u o'zim arosat devor mandadur.
Sen G'ulomsan qismati Shayxi Sa'non sandadur, Hur balo dashtidagi ul zulfi zunnor mandadur.
* * *
Qachondir boshini urar toshlarga Ismimni yo'qotib qo'ygan etim g'am Qachondir osmonni ko'tarib turar Olis er ostida ti turib yelkam
qachondir osmondan ertak so'zlaydi Meni topib ma'yus yomg'irlar Qachondir bog'larda ochilar gulday mendan ortib qolgan ilohiy sirlar
Qachondir ko'ksimga botib ketadi Men sevgan kimsaning og'ir oyog'i Qachondir ko'zimda chirib tugaydi Muhabbatning menga tutgan so'rog'i.
Qachondir falakning ostida yolg'iz, kimnidir chorlaydi yig'lab gunohim. Qachondir sen sevgan yo'lning boshidan Ma'yus qaytib kelar g'arib arvohim.
Qachondir bu dunyo mening dilimdan Telba oshiqlarga tutadi sharob. Qachondir sen sevgan tuproq ostida Mening umidlarim bo'ladi xarob.
* * *
Xayol kechalari qismat bog'ida, Yolg'izlikda adashgan manmu? Olloh, kaftlaringda bir kuni Maysa bo'lib egilamanmu?