View in Telegram
kimning haromi bolasi, g’iybat?! Qo’ling qon, Ko’plarni etgansn qurbon, Yemirasan toshday sabrlarni ham. Zerikkan chog’ingda o’yinchoq qilib O’ynaysan tili yo’q qabrlarni ham. Mudom yuraklarga boshqorong’usan, Kezasan hasaddan bo’lib ikki qad Sendan hazar qilar do’zax olovi, Iblisning xandasi senmisan, G’iybat?! Men sendan qo’rqmayman, Garchi ayyorsan… Ko’nglimni xudoga etganman tortiq. Ayt-chi, Yaratganga yetarmi kuching?.. Endi sening bilan oramiz ochiq. * * * Hayvonot bog’ida temir qafasda Bir bo’ri yashaydi, ko’zida hazar, Kimdir non tashlaydi, yana kimdir go’sht, Ortini o’girib qilmaydi nazar. Tomoshabin hayron, non bersa agar, Dumin likillatib qo’yar baliqlar. Hatto so’laqmonday gavdasi bilan Non berganga qulluq qilar ayiqlar. Garchi madori yo’q, yemas hech narsa, Xiralashib borar ko’zlarin nuri. Tirnog’in qonatib tirnar devorni Ozodlikdan umid uzmagan bo’ri. Negadir ko’zimda halqalandi yosh. Nogoh ravshan tortib qalbimning qo’ri. Rost gap, odamligim esimdan chiqib, Senga ta’zim qildim, ey mag’rur bo’ri. Har gal eslaganda yuragim yonib, Ko’zimga olovli ko’zing urilar. Qonli tirnog’ingga arzimas hatto Non talashgan odam – chiyabo’rilar. * * * Qadr degan bozorlarda meni arzon sotding, ey do’st, Suyagimni davralarning itlariga otding, ey do’st. Olloh slogan nazar edi, malakalardan xabar edi – Gul ko’nglimning sirlaridan to’qib yotding, ey do’st. Men nur dedim nigohingni, savob balsam gunohingni – Yuzimga qoralar chaplab, yana kulib qotding, ey do’st. Umidimni xarob aylab, ko’zimni makrda boylab, Jonimga gulxanlar joylab, dil qonimga botding, ey do’st. Halimani badnom etib, pinhon ajalini kutib, Hasaddan zardoblar yutib, do’zaxni uyg’otding, ey do’st. ISTAMA SEVGUVCHI DIL... Istama sevguvchi dil, sen istagan yor mandadur, Ishq uyida avliyo etgan qizil xor mandadur. O'ynashur jon shu'lasida umrimi margi xazon, Ul xazon kaftida yotgan do'zzaxiy zor mandadur. Dayri mug' savdosida may bo'lsa gar ko'ngil qoni, Ich, g'amim sarxush bo'larsan mayxona bozor mandadur. Haq agar oshuftadur, oshuftadur jonim mening, Mansuri Xallojda ketgan sohiri zor mandadur. Qayg'uning ehsonida yeldagi oshiq oy kabi, Bemurod baxtni yopingan qayg'uchan attor mandadur. Befasl otgan umr darvozasi dard zangidir, So'ngagimi ichida yotgan beqalov qor mandadur. Bu ko'ngil vayron etilgan chorasiz ishq shahridir, Sen xiyonat toshin otgan Kabai-gor mandadur. O'ldimu ikki ko'zim qabrim bo'lib qoldi mening, Ruhlar orzusida bezovta mozor mandadur. Garchi jannat qayg'usi etmas meni devonahol, Bir yorug' qayg'u o'zim arosat devor mandadur. Sen G'ulomsan qismati Shayxi Sa'non sandadur, Hur balo dashtidagi ul zulfi zunnor mandadur. * * * Qachondir boshini urar toshlarga Ismimni yo'qotib qo'ygan etim g'am Qachondir osmonni ko'tarib turar Olis er ostida ti turib yelkam qachondir osmondan ertak so'zlaydi Meni topib ma'yus yomg'irlar Qachondir bog'larda ochilar gulday mendan ortib qolgan ilohiy sirlar Qachondir ko'ksimga botib ketadi Men sevgan kimsaning og'ir oyog'i Qachondir ko'zimda chirib tugaydi Muhabbatning menga tutgan so'rog'i. Qachondir falakning ostida yolg'iz, kimnidir chorlaydi yig'lab gunohim. Qachondir sen sevgan yo'lning boshidan Ma'yus qaytib kelar g'arib arvohim. Qachondir bu dunyo mening dilimdan Telba oshiqlarga tutadi sharob. Qachondir sen sevgan tuproq ostida Mening umidlarim bo'ladi xarob. * * * Xayol kechalari qismat bog'ida, Yolg'izlikda adashgan manmu? Olloh, kaftlaringda bir kuni Maysa bo'lib egilamanmu? Yomg'ir kabi yog'ilsa jonim, Qaroqlarim bo'larmikin jom? Tig' urilgan bag'rim qoniga, Yuragini chayarmu oqshom? Men nur bo'lib o'psam jimgina, Dil shahrining ertaklarini, Tillarida so'zlashamanmu Onam qabrin chechaklarini? Qushlar ko'zin qorachig'ida, Asir etib ko'milgan manmu? O, jahannam otashi, sandan Qochib, sanga intilamanmu? Ko'z yosh kabi silqigan jonni Ichganida ichikkan diydor, Dil qonidan man sarxush o'lsam, Bandangmanmu, ayt, Parvardigor?! Xayol kechalari qismat bog'ida, Yolg'izlikda adashgan manmu?! * * * Ko'zimda ingragay tunlar,
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily