* * *
Oy o'g'irlab ketsa bir kuni,
Mani g'amgin nurlar yurtiga.
Yuragimni yashirgin, ona,
Botayotgan quyosh ortiga.
Yalpizlarning diliga cho'kkan
Bolaligim ko'zlarini top.
Aldab, yupat, meni eslab gar,
Kelsa bedil xotirkash azob.
Ishqning mangu darvozasiga
Ro'molimni osib qo'y, ona.
Man malaklar bazmidan u kun,
Termulgayman ishqli devona.
Shamolga ayt, keltirsin xabar,
Unga manim ismimni boyla.
Man tushiga kiray dunyoni
Onajon, sen alla ayt, alla.
Oy o'g'irlab ketsa bir kuni
Mani g'amgin nurlar yurtiga.
Yuragimni yashirgin, ona,
Botayotgan quyosh ortiga.
✍️ Halima Ahmedova
@halima_ahmad