Dunyodagi barcha xalqlarning ichida hech qaysisi istilochilik shuhrati va ko‘lamida mo‘g‘ul-tatarlardan ustun bo‘lmagan. Yer yuzining haqiqiy hukmroni - mo‘g‘ullar: qolgan barcha millatlar va elatlar esa go‘yo ularga xizmat qilish uchun yaratilgan. Bu xalq saltanatlarning barobariga ham tuzuvchisi, ham buzuvchisi: u o‘z qudratini butun jahonga ko‘rsatgan, asrlar davomida odamlarning ofati bo‘lgan.
Mo‘g‘ullar Xitoyni ikki marta bosib olganlar va hanuz uni izmlarida saqlab turibdilar.
Ular Buyuk Mo‘gul imperiyasini tashkil qiladigan bepoyon yurtlarga hukmronlik qilmoqdalar. Ular Eronda mutloq hokimlar, Kir va Vistaspalar o‘tirgan taxtda viqor bilan o‘tirmoqdalar. Ular Maskovni zabt etishgan. Turklar nomi bilan ular Yevropa, Osiyo va Afrikada ulkan istilolar qilganlar va jahonning uch qismi ustidan hukmronlik qilmoqdalar.
Agar uzoqroq o‘tmishdan gapiradigan bo‘lsang, Rim imperiyasini tor-mor qilganlar ham aynan ayrim mo‘g‘ul-tatar urug‘laridan tarqalgan odamlar bo‘ladi.
Chingizxon istilolari oldida Iskandar bosqinchiliklari hech narsa emas. Bu g‘olib xalqqa faqat ajoyib jasoratlari xotirasini madh etadigan tarixchilar yetishmagan.
Qancha umrboqiy ishlar ko‘milib, unut bo‘lib ketgan! Qancha biz tarixini bilmagan saltanatlarga mo‘g‘ullar asos solganlar! O‘z davridagi shon-shuhrati bilangina kifoyalangan va mag‘lubiyat alamini toabad tatimaslikka ishonchi komil bo‘lgan bu jangovar xalq o‘zi qozongan zafarlar haqida keyingi avlodlarga xabar berish to‘g‘risida aslo qayg‘urmagan.
Sharl Lui MonteskyeFors nomalarihttps://t.center/bitikchiuz