View in Telegram
podshoh Dovud nafaqat o‘rganish va hukm chiqarishda, yana qurol ishlatishda o‘ta mohir ediki, jamiki qo‘shni g‘animlarni biryoqli qilgach, o‘g‘li yosh Sulaymonga tinch-osuda davlatni meros qoldirdi. Garchi o‘g‘li harbiy san‘atda no‘noq bo‘lsa-da, kelgusi yillar mamlakatni tinchlik san‘ati bilan osudalikda tutib turdi va padarining meros qolgan mardonaligidan shodmon umrguzaronlik qildi. Biroq tole-baxti kulib behad qiyinchiliklar bilan qirollikning oltinchi bo‘lagini ham o‘ziga itoat ettirgan Sulaymon mardonalikda bobosining bir tukiga ham o‘xshamagan o‘g‘li Rovoamga bu merosni tortiq etolmadi. Shunga o‘xshab urushdan ko‘ra tinchlikni xush ko‘radigan turk sultoni Boyazid ham otasi Muhammadning soyayi davlatida yashadi. Muhammad ham xuddi Dovuddek qo‘shnilarni yengib, o‘g‘liga tinchlik san‘ati bilan boshqarsa bo‘ladigan osuda davlatni meros qoldirdi. Biroq Boyazidning o‘g‘li sulton Salim bobosiga emas, otasiga o‘xshaganida edi, Turk sultonligidan nom-nishon ham qolmagan bo‘lardi. Chamasi, u ajdodlarini o‘z shuhrati soyasida qoldirgandi. Nikkolo Makiavelli MULOHAZALAR (Respublikachilik haqida) https://t.center/bitikchiuz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily