View in Telegram
Tarixda amir Olimxon davridagi voqealarga turlicha yondashilgan. Bulardan biri amir Olimxonni Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori bo‘lgani uchun ruslar va ular bilan birga faoliyat olib borgan "Jadidlar" tarafidan siyosiy xurujlarga uchragan, deb yoziladi hamda bu muammolarning tahlikali jihatlariga alohida urg‘u beriladi. "Jadidlar" siyosiy jihatdan Olimxonga muxolif bo‘lganlar, ruslar o‘zlari ishg‘ol qilgan Turkiston tuproqlarining oxirgi hukmdori va siyosiy merosxo‘ri bo‘lgani uchun Olimxonni qoralash yo‘liga o‘tib oladilar. O‘sha davr bilan bog‘liq eng muhim va asosiy manba hisoblanuvchi ma‘lumotlar "Jadidlar" tomonidan yozilgan. Natijada butun tarixchilar aynan o‘sha manbalardan foydalanishgan. Olimxon haqidagi salbiy va haqiqatdan yiroq bo‘lgan ayblovlar oddiy xalq va davlat organlarida keng tarqalgan... Ali Bodomchi Bu va amir Olimxonga oid yangi ma‘lumotlarni Nuriddin Xotuno‘g‘lining "Buxoroning so‘nggi amiri: Olimxon (Afg‘onistonda yigirma uch yil)" kitobidan o‘qishingiz mumkin. https://t.center/bitikchiuz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily