.... ko‘p davlatlarda uzoq muddatli farovonlikka qashshoqlikka qarshi kurashish orqali erishib bo‘lmaydi. Unga nochor mamlakatlarda yangi bozorlarni yaratuvchi innovatsiyalarga investitsiya kiritish orqali erishish mumkin. Nochor davlatlardagi sifatsiz ta‘lim va sog‘liqni saqlash tizimi, talabga javob bermaydigan boshqaruv, mavjud bo‘lmagan infratuzilma va shu kabi farovonlikka yordam beradigandek ko‘rinadigan boshqa ko‘plab sohalarni rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilayotgan resurslar oqimi haqiqiy hamda uzoq muddatli farovonlikni kafolatlay olmaydi. Buning aksi o‘laroq, ishonamizki, ko‘plab davlatlarda ma‘lum turdagi innovatsiyaga - bozor yaratuvchi innovatsiyaga - sarmoya kiritish davomiy iqtisodiy rivojlanish uchun poydevor va tezlashtiruvchi kuch (katalizator) bo‘lib xizmat qiladi hamda farovonlik shu yerda ildiz ota boshlaydi.
Kleyton M. Kristenson, Efoso Ojomo, Karen DillonFarovonlik paradoksihttps://t.center/bitikchiuz