Mendan Fransiyada yahudiylar bormi deb so‘rabsan: shuni bilib qo‘yki, qayerda pul bo‘lsa, o‘sha yerda yahudiy bor. U yerda ular nima ish qiladilar, deb so‘rabsan: Eronda nima ish qilsalar, bu yerda ham shu bilan mashg‘ullar; osiyolik yahudiy ovro‘polik yahudiyga o‘xshagani kabi hech narsa bir-biriga o‘xshash bo‘la olmaydi.
Yahudiylar bizlarning ham, nastoniylarning ham orasida diniga kuchli sadoqat ko‘rsatadilar va bu tuyg‘u telbalikkacha borib yetadi....
Binobarin, yahudiylar o‘zlarini hamma dinlarning ibtidosi va har qanday muqaddaslikning manbai hisoblaydi; boshqalarga esa, aksincha, dinni buzgan bid‘atchilar, yoki, aniqrog‘i, isyonchi yahudiylar deb qaraydilar.
Sharl Lui Monteskye
Fors nomalari
https://t.center/bitikchiuz