Nagoya Iqtisodiyot Universiteti Biznes-huquq fakulteti Professori - Umirdinov Alisher Isoqjonovich "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanali;
Telegram kanal - @aumirdinov
Rasmiy sayt - https://umirdinov.com
*Rasmdagi professor Adib Holid yurtimizning jadidlari haqida eng mashhur kitoblar muallifi ekanligini siz ham bilsangiz kerak.
Yoki bo’lmasam, hozirda Kolumbiya universiteti yordamchi professori Aziza Shonazarova ham Indiana universitetida yozgan PhD ilmiy ishida aynan O’rta Osiyoga oid manbashunoslik mavzusini ko’targan. Shunday ekan, siz borayotgan universitet va undagi professorlar bizning o’lkamizga oid ilmiy ishlarga qiziqsalar va manbalar siz uchun yetarli bo’lsa menimcha kifoya. Bunday universitetlar dunyoda juda ko’p. Buni esa fakultetingizdagi ustozlaringizdan so’rang.
No.78 Savol: O’zbekiston tarixini chet elda tadqiq etish
Assalomu aleykum. Men tarix taʼlim yoʼnalishini 4-bosqichida tahsil olyapman. 2025-yil iyunda tugallayman. Undan soʼng o’qishimni magistraturada chet elda davom qildirmoqchiman. Lekin ilmiy mavzuim oʼlkamiz tarixi bilan bogʼliq. Shunda ham xorijda magistratura dasturlarida taʼlim olib kelish imkoniga ega boʼlolamanmi? Buning uchun mavzuimni oʼzgartirishim kerakmi yoki shart emasmi?
Javob:Bu savolga eng yaxshisi tarixchilar javob bergani ma’qul edi. Men esa cheklangan bilim doiramda unga javob berishga intilaman.
Umuman olganda, xorijga magistraturaga borganimizda ko’pgina yurtdoshlarimiz yurtimizga bog’liq mavzularni olib, ularni xorijdagi davlatlar bilan yoki borgan davlati bilan qiyosiy tahlil qilishga intiladi. Bu juda ham tabiiy holatdir. Menga qolsa chetga chiqqanimizda yurtimizdan biroz ajragan holda borgan davlatimiz yoki global mavzuni olib tadqiqot qilsak yana ham yaxshi bo’lardi. Lekin, sohaga qarab insonlarning yondashuvi turlicha bo’ladi va buni ayblab, bu xatodir deb bo’lmaydi.
Shunday ekan, siz ham yurtimiz tarixi bilan bog’liq mavzuni tanlay olasiz. Ammo, quyidagi savollarga yoki ulardan biriga oldindan javob topish kerakligini unutmang: - Boradigan chet el universitetida aynan shu mavzu yoki shu mavzuni o’rganadigan soha bo’yicha yetuk tarixshunos olimlar bormi? - Shu mavzuga doir turli manbalar boradigan xorij diyorida mavjudmi? Yetarlimi? - O’lkamiz tarixiga oid mavzuni tadqiq qilishga siz bormoqchi bo’lgan davlatdagi universitet professorlari qiziqishadimi?
O’zbekistonning ma’lum bir davrga oid tarixi yoki ba’zi yo’nalishlar kerak bo’lsa yurtimizdan ham chet elda yaxshiroq o’rganilgan holatlar ham yo’q emas. Yoinki, bizda ‘quruqqina’ yoki ‘bir tomonlama’ yondashilib o’rganilgan masalani chet elda har tomonlama, atroflicha va tesha tegmagan metodlar orqali ko’rib chiqilib, biz bilmagan xulosalar qo’lga kiritilgan ilmiy dargohlar ham aslo kam emas. Unday bo’lsa, siz bemalol otga qamchi bosishingiz va chet elda mavzuingizni tadqiq etishingiz mumkin.
Tadqiqotchi-olimning vazifalaridan biri bu - o'qib yozishdir. Ammo, ba'zi paytlar o'qish uchun shu darajada vaqt kam qoladiki, ichingiz bambuk daraxti kabi bo'm-bo'sh bo'lib qolayotganini sezib qolasiz. Bu ayniqsa, darslar va universitet majlislari eng ko'paygan paytlarda qattiq seziladi.
Mayli, universitet darslari ham keyingi haftada ohiriga yetadi va biz uzoooq kutilgan qishki tanaffusga kiramiz. Hozir o'qiy olmaganlarimni ana o'sha payt yetkazib olaman deya har kuni o'zimni yupataman.
Nima deysizlar, bunday holat talabalar orasida ham kuzatiladimi?
Qishin yozin o'z ishlarini ustalari koutsu yuudoin - flegmenlar mening motivatorlarim desam mubolag'a bo'lmaydi. Imkoni bo'lsa Yaponiyaga kelganida ularning ish uslublarini bir kuzatib ko'ringlar. BU haqida hatto NHK dagi sevimli dasturim - Professional da ham 90-dan oshgan otaxon-flegmen hayotini namoyish etishgan.
Inson hayotdagi turli voqea-hodisalar va insonlardan ilhom oladi. Men ham bundan mosuvo emasman. Hozir Yaponiyada qish, mana shunday sovuq paytiga qaramasdan ko'chadagi ishini sidqidildan davom ettiruvchi bir tur kasb egalari bor bu yerda - ko'cha transportini boshqaruvchi flegmanlar(yapon tilida kotsu yuudoin-交通誘導員). Yaponiya ko'chalari torligi uchun ham bir tomoni qurilish maqsadida berkitilganida ikki tomondagi mashinalar harakatini aynan mana shu kasb egalari tartibga solishadi.
Asosan xususiy shirkat tomonidan yollanadigan ushbu shaxslar orasida qariyalar talaygina. Shunday bo'lishiga qaramasdan, ishlarini shu darajada sidqidildan bajarib, qo'llaridagi bayroqlarini mahorat bilan hilpiratishadiki, o'z-o'zidan ularga mashina ichida turib ta'zim qilganingizni bilmay qolasiz. Eng kamida men shunday qilaman. Chunki, ular ham deyarli ko'p haydovchilarga shunday munosabatda bo'lishadi.
Mana shunday hatlar kelishi susayib qolgan ishtiyoqimga qayta olov purkaydi va men yana ish stolimga, kitoblarim oldiga qaytaman. Tashakkur!
****************************** Assalomu alaykum men sizni " Talaba dóstimga 78+ maslahat" kitobingizni bugun sotib oldim. To'g'risi hozirgi holatimni sóz bilan tasvirlab berolmayman. Hayajonimda uyqum uchib ketdi.... Bugun soat 3 da sotib olgan bólsam 130 betni óqib qóyibman. Sizga bu kitobni yozganingiz uchun tashakkur izhor etmoqchiman, katta rahmat sizga. Siz menga judayam katta ilhom berdingiz. Menimcha har bir talaba bu kitobni óqishi shart. Judayam yaxshi va kerakli maslahatlar bergansiz, Siz aytgan sózlardan keyin albatta kitobingizni sumkamda solib, ózimga ilhom olaman endi. Endi nima qilish kerakligim aniq bóldi, judayam aniq va sodda qilib tushuntirib bergansiz. Ózim NARXOZ da óqiyman 3- kursman.Oʻzimni talabalar ichida sher deb bilardim, kitobizni óqib hech kim emasligimni tushunib qoldim. Kitob uchun yana bir bor rahmat aytishni lozim topdim......"RAHMAT"
2013-yilda Angliyaga bir yilga post-doc qilish borgandim. School of Oriental and African Studies (SOAS) deya nomlanuvchi London Universitetidagi bir maktab menga mezbonlik qilgan. U yerdagi atmosferaning naqadar rang-barang, yorqin, global va antiqa ekanligini so'z bilan ta'riflash qiyin.
Ushbu blogpostim bu haqida emas. Boshida borganimda turli insonlar va shirkatlar nomiga ochilgan ...Lecture Theatre degan ma'ruza zallariga ko'zim tushgan. Boshida ular bizdagi teatrmikin deya o'ylanib ham qolganman. Ammo keyinchalik theatre so'zining bir ma'nosi ma'ruzalar bo'lib o'tadigan joy ma'nosini anglatishini o'rgandim.
Bunday ma'ruza teatrlari UK universitetlarida anchagina topiladi. Ular turli insonlar yoki shirkatlar tomonidan universitetlarga ehson o'laroq taqdim qilinadi. Nissan korporatsiyasi ham Oksfordda shunday bir teatr va hatto alohida Institutni qurib bergan. Bizda ham mana shunday modern vaqflar kengaysa yaxshi bo'lardi.
Magistratura bosqichi uzoq davom etmaydi va 1-2 yil ichida xususiy yuridik firmalar qadrlaydigan malaka/bilimlarni o’z-o’zidan o’zlashtirib olmaysiz. Aksincha, xususiy sektor uchun o’sha 1-2 yilni amaliyotda o’tkazgan bo’lsangiz qadrliroq. Bakalavrni tamomlagan talaba va magistratura bosqichini tamomlagan talaba amaliyotni bir joydan, ya’ni eng boshidan boshlaydilar (status quo – ikkisida ham avvalgi ish tajribasi bo’lmasa).
Shunday bo’lsa ham, taniqli advokatlarning orasida magistratura bosqichini tamomlagan, ayniqsa, nufuzli universitetlarda tamomlaganlarni juda ko’p ko’rish mumkin. Shuningdek, sohadagi eng taniqli mutaxassislar orasida magistratura darajasini olgach New York Bar Examination yoki Angliyadagi Solicitors Qualifying Examination (SQE) kabi xorijiy malaka imtihonlaridan o’tganlar ham bor. Bunday advokatlik assotsiatsiyalari/imtihonlari yuqori ishonchlilik (credibility) reytingiga va reputatsiyaga ega bo’lib, karyerada yangi imkoniyatlar ochishi mumkin. Shuningdek, ingliz huquqi yurisdiksiyalarida ta’lim olib, malaka imtihonlaridan o’tish ingliz huquqini yaxshiroq tushunishga, va shu orqali aksariyat qismi ingliz huquqi bilan tartibga solinuvchi transchegaraviy bitimlarni tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, nufuzli huquq maktablarida o’qish yangi tanishuvlar – global networking ham beradi, ammo bu karyerasining o’rta yoki yuqori pog’onasidagi yuristlar uchun ko’proq naf keltiradi deb o’ylayman.
Xorijiy yuridik ta’limda darslar sizning huquqiy dunyoqarashingizni kengaytiradi, qaysidir bir muayyan qobiliyatlaringizni oshiradi (yozish, til, analitika). Lekin, avval aytilganidek, bu narsalar sizni boshqa nomzodlardan ustun kelishingizni kafolatlamaydi. Shunday ekan, xorijda magistraturaga ko’proq shaxsan o’zingiz uchun, o’sishingiz uchun bir tajriba sifatida qarash to’g’riroq bo’lsa kerak.
*********************************************** *2024-yilning eng ohirgi posti o’laorq, ushbu javobni Nagoya universiteti Huquq fakulteti bitiruvchisi, amaliyotdagi yurist, Nilufarhon Mahmudova yozib berdilar. Imkoniyatdan foydalanib, butun guruhimiz a’zolari nomidan u kishiga tashakkurimni aytgan holda, yuristlik faoliyatlarida rivojlar tilab qolaman.
Savol: Yuridik sohada, davlat organlarida emas balki xususiy sektorda ishlaydiganlar uchun magistraturada oʼqish qanchalik muhim?
Qisqa javob – muhim emas.
Yuridik sohada xususiy sektorda ishlaydiganlar uchun magistratura diplomi deyarli hech qanday ustunlik bermaydi. Chunki xususiy advokatlik firmalari uchun sizning qobiliyatlaringiz (skills), va ishtiyoqingiz muhim, agar boshlang’ich darajadagi yurist bo’lsangiz mahalliy qonunchilikni bazaviy darajada yaxshi tushunishingiz/bilishingiz, yuqori GPA ko’rsatkichlarga ega bo’lishingiz kifoya. Katta advokatlik firmalaridagi tajribali yuristlarning orasida magistratura bosqichida o’qimagan va buni reja qilmayotganlarni uchratish mumkin. Bu ularning o’z ishlarini a’lo darajada bajarishiga, o’z sohasida o’sishiga va yaxshi daromad topishiga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi.
2024-yil ham o'z yakuniga kirib bormoqda. Bu yil aslida kamida 5 kitob chop etish rejam bor edi. Ammo-lekin-biroq, atigi 2 ta bilan kifoyalanishga to'g'ri kelyapti. Bir tomondan "Vatanimdagi kitobxonlarga ushbu muhim bilimlarni yetkaza olmay qoldim" degan kuchli alam o'rtaydi ko'ngilni. Boshqa tomondan, shunday bo'lsada 2 ta bo'lsa ham sohada zarur bo'lgan kitob chiqarishga erishdingku, shukur va sabr qil deydi qalbim.
* Qalbimizdagi hirsning ham foydasi tegadigan o'z o'rni bor. Uni yaxshi tomonga ishlatilsa katta natijalar beradi. Hozircha 2024-yilni shu ajoyib kitoblar bilan yakunlaymiz, ammo bunday past ko'rsatkichli yildan albatta ajoyib qasosimni keyingi yil olaman degan umiddaman.
* Boshqa tomondan esa Yaponiyada Academic Klublarimiz faoliyati keskin jonlandi. Naqadar yaxshi yil bo'ldi-a?!
Javob: Bu savolga javob olish uchun har bir talaba o’zi uchun bir nechta kichikroq savollarga javob berishi lozim bo’ladi. Avvalambor, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olish masalasida qiyoslashni universitetlar darajasida qilgan ma’qul deb o’ylayman. Zero, har bir universitet o’z ixtisoslashuviga ega bo’lib, aynan shu soha da eng kuchlilardan bo’lgan professorlarni o’zida to’plashga intiladi.
Demak, ushbu sohada amaliy karyera qilishni xohlovchilar, ya’ni davlat boshqaruvi organlarida faoliyat yuritmoqchi bo’lganlar aynan “public policy” yo’nalishini tanlaganlari ma’qul. Bunda esa Harvard Kennedy School, London University of Economics and Political Science, Harris School of Public Policy kabilar dunyoda yetakchi hisoblanadi. Yaponiyaning Tsukuba Universiteti ham bu borada ayniqsa Markaziy Osiyoliklarga juda yaxshi tanlov bo’lishi mumkin.
Kelajakda aynan ilmiy sohada qolib, tadqiqotlar bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan talabalar esa jiddiy tanolv oldida bo’lishadi. Zero, siyosatshunoslik sohasi ham turli maktlablarga bo’lingan bo’lib, siz matematikani (ekonemtrika) yaxshi bilsangiz, va siyosatshunoslik ham aniq fanlar kabi aniq qonuniyatlarga ega bo'lishiga ishonsangiz, AQSh universitetlarining deyarli barchasi, Yevropaning aksar universitetlari, ayniqsa Germaniya, va Avstraliya universitetlari eshiklari siz uchun ochiq bo’ladi. Tan olishi lozimki, maqolalarining ommaviyligi va tadqiqoti uchun moliyaviy grantlar olish bo’yicha ham bu yo’nalish yetakchi hisoblanadi.
Ammo, siz ko’proq muayyan davlatlar, keyslarni o’rganishga chuqur kirishishni istasangiz, aynan shu hududni tadqiqot qilishga ixtisoslashgan maktablarni qidirganingiz ma’qul. Misol uchun, Markaziy Osiyo bo’yicha yetakchi maktablarga University of Glasgow, University of Toronto, Australian National University, Hokkaido University kiradi. Bu universitetlarda aynan Markaziy Osiyo davlatlarida bir necha yillardan beri tadqiqot olib borayotgan professorlar dars berishi juda katta ustunlik bo’la oladi. The University of George Washington dagi Elliot School of International Affairs esa aynan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog’liq tadqiqotlar qilishni istovchilar yoki bu davlatlarda diplomatiya sohasida faoliyat yuritmoqchi bo’lganlar uchun juda yaxshi tanlov bo’lishi mumkin. Chunki, u yerda nafaqat ilmiy tomondan rivojlanish mumkin, balki AQSh poytaxtida joylashganligi uchun amaliy tomondan ham ko’plab tajriba orttirish mumkin.
Umuman olganda, siyosatshunosik sohasi juda turfa xil bo'lib, aynan siznig qiziqishingiz va kelajakdagi maqsadingizdan kelib chiqib universitet tanlash eng maqbul yo'l hisoblanadi.
************************************************ *Javobni Nagoya universiteti doktoranti, janob Avezov Akrom yozib berdilar. Imkoniyatdan foydalanib, butun guruhimiz a’zolari nomidan u kishiga tashakkurimni aytgan holda, doktorlik ilmiy ishlarida rivojlar tilab qolaman.
* Rasmda Tokio universitetining kuzgi kampusi aks etgan.
No.76 Savol: Siyosatshunoslikni qayerda o’rganish bo’yicha
Savol: Siyosatshunoslik va diplomatiya sohasida o’qish uchun qaysi davlat boshqalarga qaraganda ustuvor? Ushbu sohalarda qaysi davlatlarga oqishga chiqishni maslahat berasiz?
Assalom aleykum. Shu kungacha duch kelgan qiyinchiliklaringizdan kelib chiqib bakalavrda òqilgan sohani magistraturada o'zgartirish qanchalik qiyin deb o'ylaysiz?
Javobim: bu masala hiyla qiyin, ammo sarob ham emas. Masalan, 2007-yilda Yaponiyaga o’qishga kelgan kezlarim Xitoydan chet tillari universitetida o’qigan qiz ham men bilan kelgan va magistraturada korporativ huquq nomli sohani tadqiq qilgandi. Undan keyin esa Amerikada ham o’qib, hozirda Shanxayda katta yuridik firmada ishlayapti deya eshitaman. Ushbu xitoylik qiz asosiy sohasi bo’lgan filologiyadan huquq sohasiga o’ta oldi.
Unutmaslik kerakki, Xitoy universitetlarida ba’zan asosiy soha va yon soha degan dasturlar bor. Siz, masalan, asosiy sohada filologiyani o’qiysiz, yon sohada esa siyosatshunoslik va hokazo. Bizda esa doimo bunday dasturlar topilmasligi mumkin.
1) Bunga yechim sifatida bakalavr davrida o’zingiz qiziqqan sohani ‘samouchka’sifatida o’zingiz mustaqil o’rganishga harakat qilishdan boshqa iloji yo’q. Shunda, o’sha soha terminologiyasiga va qarashlariga tushuna boshlaysiz. 2) Masalan Yaponiyaning ko’pchilik universitetlarida magistratura bosqichiga tayyorgarlik davri o’laroq ‘research student’ degan davr bor. Bunda nomzod talabalar magistratura bosqichiga kirish imtihonlariga o’sha universitet ichida o’qish davomida tayyorgarlik ko’rishadi. Men buni juda ham jo’yali tizim sifatida baholagan bo’lardim. Birdaniga chet elga chiqib, siz hali ko’nikmagan joyda magistraturani qilish oson emas. Balki, siz yangi sohani tanlayotgan paytda mana shunday o’tish davrilaridan ham foydalanarsiz.
Qo’shimcha fikrlarni bayon qilish bo’yicha kechagi ovozli chatimiz mehmonlarini maydonga taklif qilardim. Izohlar qismiga bemalol yozib qoldirishingiz mumkin.