View in Telegram
No.77 Savol Savol: Yuridik sohada, davlat organlarida emas balki xususiy sektorda ishlaydiganlar uchun magistraturada oʼqish qanchalik muhim? Qisqa javob – muhim emas. Yuridik sohada xususiy sektorda ishlaydiganlar uchun magistratura diplomi deyarli hech qanday ustunlik bermaydi. Chunki xususiy advokatlik firmalari uchun sizning qobiliyatlaringiz (skills), va ishtiyoqingiz muhim, agar boshlang’ich darajadagi yurist bo’lsangiz mahalliy qonunchilikni bazaviy darajada yaxshi tushunishingiz/bilishingiz, yuqori GPA ko’rsatkichlarga ega bo’lishingiz kifoya. Katta advokatlik firmalaridagi tajribali yuristlarning orasida magistratura bosqichida o’qimagan va buni reja qilmayotganlarni uchratish mumkin. Bu ularning o’z ishlarini a’lo darajada bajarishiga, o’z sohasida o’sishiga va yaxshi daromad topishiga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily