View in Telegram
Magistratura bosqichi uzoq davom etmaydi va 1-2 yil ichida xususiy yuridik firmalar qadrlaydigan malaka/bilimlarni o’z-o’zidan o’zlashtirib olmaysiz. Aksincha, xususiy sektor uchun o’sha 1-2 yilni amaliyotda o’tkazgan bo’lsangiz qadrliroq. Bakalavrni tamomlagan talaba va magistratura bosqichini tamomlagan talaba amaliyotni bir joydan, ya’ni eng boshidan boshlaydilar (status quo – ikkisida ham avvalgi ish tajribasi bo’lmasa). Shunday bo’lsa ham, taniqli advokatlarning orasida magistratura bosqichini tamomlagan, ayniqsa, nufuzli universitetlarda tamomlaganlarni juda ko’p ko’rish mumkin. Shuningdek, sohadagi eng taniqli mutaxassislar orasida magistratura darajasini olgach New York Bar Examination yoki Angliyadagi Solicitors Qualifying Examination (SQE) kabi xorijiy malaka imtihonlaridan o’tganlar ham bor. Bunday advokatlik assotsiatsiyalari/imtihonlari yuqori ishonchlilik (credibility) reytingiga va reputatsiyaga ega bo’lib, karyerada yangi imkoniyatlar ochishi mumkin. Shuningdek, ingliz huquqi yurisdiksiyalarida ta’lim olib, malaka imtihonlaridan o’tish ingliz huquqini yaxshiroq tushunishga, va shu orqali aksariyat qismi ingliz huquqi bilan tartibga solinuvchi transchegaraviy bitimlarni tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, nufuzli huquq maktablarida o’qish yangi tanishuvlar – global networking ham beradi, ammo bu karyerasining o’rta yoki yuqori pog’onasidagi yuristlar uchun ko’proq naf keltiradi deb o’ylayman. Xorijiy yuridik ta’limda darslar sizning huquqiy dunyoqarashingizni kengaytiradi, qaysidir bir muayyan qobiliyatlaringizni oshiradi (yozish, til, analitika). Lekin, avval aytilganidek, bu narsalar sizni boshqa nomzodlardan ustun kelishingizni kafolatlamaydi. Shunday ekan, xorijda magistraturaga ko’proq shaxsan o’zingiz uchun, o’sishingiz uchun bir tajriba sifatida qarash to’g’riroq bo’lsa kerak. *********************************************** *2024-yilning eng ohirgi posti o’laorq, ushbu javobni Nagoya universiteti Huquq fakulteti bitiruvchisi, amaliyotdagi yurist, Nilufarhon Mahmudova yozib berdilar. Imkoniyatdan foydalanib, butun guruhimiz a’zolari nomidan u kishiga tashakkurimni aytgan holda, yuristlik faoliyatlarida rivojlar tilab qolaman.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily