View in Telegram
Javob: Bu savolga javob olish uchun har bir talaba o’zi uchun bir nechta kichikroq savollarga javob berishi lozim bo’ladi. Avvalambor, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olish masalasida qiyoslashni universitetlar darajasida qilgan ma’qul deb o’ylayman. Zero, har bir universitet o’z ixtisoslashuviga ega bo’lib, aynan shu soha da eng kuchlilardan bo’lgan professorlarni o’zida to’plashga intiladi. Demak, ushbu sohada amaliy karyera qilishni xohlovchilar, ya’ni davlat boshqaruvi organlarida faoliyat yuritmoqchi bo’lganlar aynan “public policy” yo’nalishini tanlaganlari ma’qul. Bunda esa Harvard Kennedy School, London University of Economics and Political Science, Harris School of Public Policy kabilar dunyoda yetakchi hisoblanadi. Yaponiyaning Tsukuba Universiteti ham bu borada ayniqsa Markaziy Osiyoliklarga juda yaxshi tanlov bo’lishi mumkin. Kelajakda aynan ilmiy sohada qolib, tadqiqotlar bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan talabalar esa jiddiy tanolv oldida bo’lishadi. Zero, siyosatshunoslik sohasi ham turli maktlablarga bo’lingan bo’lib, siz matematikani (ekonemtrika) yaxshi bilsangiz, va siyosatshunoslik ham aniq fanlar kabi aniq qonuniyatlarga ega bo'lishiga ishonsangiz, AQSh universitetlarining deyarli barchasi, Yevropaning aksar universitetlari, ayniqsa Germaniya, va Avstraliya universitetlari eshiklari siz uchun ochiq bo’ladi. Tan olishi lozimki, maqolalarining ommaviyligi va tadqiqoti uchun moliyaviy grantlar olish bo’yicha ham bu yo’nalish yetakchi hisoblanadi. Ammo, siz ko’proq muayyan davlatlar, keyslarni o’rganishga chuqur kirishishni istasangiz, aynan shu hududni tadqiqot qilishga ixtisoslashgan maktablarni qidirganingiz ma’qul. Misol uchun, Markaziy Osiyo bo’yicha yetakchi maktablarga University of Glasgow, University of Toronto, Australian National University, Hokkaido University kiradi. Bu universitetlarda aynan Markaziy Osiyo davlatlarida bir necha yillardan beri tadqiqot olib borayotgan professorlar dars berishi juda katta ustunlik bo’la oladi. The University of George Washington dagi Elliot School of International Affairs esa aynan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog’liq tadqiqotlar qilishni istovchilar yoki bu davlatlarda diplomatiya sohasida faoliyat yuritmoqchi bo’lganlar uchun juda yaxshi tanlov bo’lishi mumkin. Chunki, u yerda nafaqat ilmiy tomondan rivojlanish mumkin, balki AQSh poytaxtida joylashganligi uchun amaliy tomondan ham ko’plab tajriba orttirish mumkin. Umuman olganda, siyosatshunosik sohasi juda turfa xil bo'lib, aynan siznig qiziqishingiz va kelajakdagi maqsadingizdan kelib chiqib universitet tanlash eng maqbul yo'l hisoblanadi. ************************************************ *Javobni Nagoya universiteti doktoranti, janob Avezov Akrom yozib berdilar. Imkoniyatdan foydalanib, butun guruhimiz a’zolari nomidan u kishiga tashakkurimni aytgan holda, doktorlik ilmiy ishlarida rivojlar tilab qolaman. * Rasmda Tokio universitetining kuzgi kampusi aks etgan.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily