Ilk bor elektron shaklda ovoz berdim. Juda ham qulay va yengil ekan. Bu yilgi parlament saylovlari bir qator ijobiy oʻzgarishlar asosida boʻlib oʻtmoqda:
1⃣ Aralash saylov tizimi: majoritar va proporsional usullari joriy qilinganligi;
2⃣ Toshkent shahri va viloyatlar hokimlariga xalq deputatligi kengashi raisi lavozimini egallashi taqiqlanganligi;
3⃣ Ayrim saylov uchastkalarida elektron saylov amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi;
4⃣ Nomzodlarning kamida 40%ini ayollar ulushi tashkil etilganligi;
5⃣ Markaziy saylov komissiyasi raisi bir marta besh yillik muddatga saylanish amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi.
Shunday boʻlsa-da, bir qator eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan masalalar saqlanib qolmoqda.
1⃣ Toshkent shahar va viloyat hokimlari senator boʻlish imkoniyati mavjudligi (tiyib turish va muvozanat tamoyiliga zid);
2⃣ Proporsional saylov tizimida nomzodi qoʻyilgan boʻlajak deputatlar (misol uchun amaldagi vazirlar), saylovdan keyin ular oʻz deputatlik oʻrinlaridan voz kechish imkoni mavjudligi;
3⃣ Mustaqil partiya tuzish uchun kosmik cheklovlarni saqlanib qolayotganligi;
4⃣ Xalq deputatlari institutini kuchaytirish bilan bogʻliq ishlar yetarli daraja emasligi (misol uchun moddiy taʼminot yoʻqligi, tuman/shahar hokimlari rais lavozimida qolayotgani)
5⃣ Partiyalar gʻoyalarida xilma-xilliklar, muxolif qarashlar yaqqol koʻzga tashlanmayotganligi.
👉@rashidtojiboev👈