View in Telegram
​​Aviabiletlarning narxi: nega yoningizdagi yo‘lovchi sizdan arzon (qimmat) to‘lagan? Nega Amazon’da bir xil mahsulot narxi bir necha barobar farq qiladi? Starbucks’dagi qahvaning boshqalarida qanday farqi bor, yoki McDonald’s burgerlarini-chi? Nima uchun Nike kompaniyasining Vyetnamdagi ishchilari oyiga 1$ evaziga ham ishlashga rozi? Nega 2008-yilgi inqirozda kompaniyalar kelajakda qurilishi kerak bo‘lmagan uylarni qurdi va oqibatda Yevropa va Yaponiya davlatlari zarar ko‘rdi? Bir mahsulot ichki bozordan ko‘ra tashqi bozorda arzonroq sotilsa, nega uni qayta bojxonada ichki bozorda foyda bilan sotmaymiz? Tahoe haydash orzungiz shimolliklarga qanchaga tushishini bilasizmi? Nima uchun foyda daromaddan ustunroq? Kichik (katta) guruhlarning o‘zaro tez kelisha olishining (olmasligining) sababi nimada? Hammamiz pirogdagi ulushimizni emas, uni kattarishini o‘ylashimiz kerakmi? Xalqaro savdoda bir davlatning muvaffaqiyati boshqa davlatning mag‘lubiyatini anglatadimi? Ushbu savollarning javobini "Yalang‘och iqtisodiyot" kitobidan topasiz. Bu kitob sodda insonlar uchun iqtisodiyotni o‘rgatuvchi kitob emas. Aksincha, u iqtisodiyotni hech qachon o‘qib o‘rganmagan aqlli kishilarga atalgan. 👉@rashidtojiboev👈
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily