View in Telegram
​​Ilk bor elektron shaklda ovoz berdim. Juda ham qulay va yengil ekan. Bu yilgi parlament saylovlari bir qator ijobiy oʻzgarishlar asosida boʻlib oʻtmoqda: 1⃣ Aralash saylov tizimi: majoritar va proporsional usullari joriy qilinganligi; 2⃣ Toshkent shahri va viloyatlar hokimlariga xalq deputatligi kengashi raisi lavozimini egallashi taqiqlanganligi; 3⃣ Ayrim saylov uchastkalarida elektron saylov amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi; 4⃣ Nomzodlarning kamida 40%ini ayollar ulushi tashkil etilganligi; 5⃣ Markaziy saylov komissiyasi raisi bir marta besh yillik muddatga saylanish amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi. Shunday boʻlsa-da, bir qator eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan masalalar saqlanib qolmoqda. 1⃣ Toshkent shahar va viloyat hokimlari senator boʻlish imkoniyati mavjudligi (tiyib turish va muvozanat tamoyiliga zid); 2⃣ Proporsional saylov tizimida nomzodi qoʻyilgan boʻlajak deputatlar (misol uchun amaldagi vazirlar), saylovdan keyin ular oʻz deputatlik oʻrinlaridan voz kechish imkoni mavjudligi; 3⃣ Mustaqil partiya tuzish uchun kosmik cheklovlarni saqlanib qolayotganligi; 4⃣ Xalq deputatlari institutini kuchaytirish bilan bogʻliq ishlar yetarli daraja emasligi (misol uchun moddiy taʼminot yoʻqligi, tuman/shahar hokimlari rais lavozimida qolayotgani) 5⃣ Partiyalar gʻoyalarida xilma-xilliklar, muxolif qarashlar yaqqol koʻzga tashlanmayotganligi. 👉@rashidtojiboev👈
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily