Bolaligimdan koʻp kasal boʻlganman. Va bu hozirga qadar davom etib kelmoqda. Salqin tushdi deguncha tomog'imdan ildirib olaman va yotib qolaman. Sira oyoq uchida o'tkazmayman - ukol-dori qilmasam hisobmas. Shu paytgacha qanday kasal boʻlishimdan qat'iy nazar, men unchalik e'tbor bermagan ekanman. Biroq yaqinda boshimdan o'tkazgan branxit menga yaxshigina saboq berdi. Oʻzim uchun kerakli xulosalar chiqardim, amin bo'lganlarimga ikki karra inondim:
Bu dunyoda hech kim hech kim uchun nimadir qilishga majbur emas, hatto ota-onangiz va farzandlaringiz ham.
Sizning kimligingiz, hayotga muhabbatingizni kimdir yoki nimadir bilan belgilamang.
Hayotning oliy va inkor etib boʻlmas ustuni - sog'lik. Sog'lik bo'lmasa, hech nima ko'zingizga ko'rinmaydi: ish, oʻqish, rejalar, g'oyalar, orzular, pul - hech qaysisining qizig'i qolmaydi, vaqtning ahamiyati o'zgaradi.
Odamlarni his qiling. Birovning dardini his qilmaguncha uni tushuna olmaysiz. Va bu aytilganchalik oson emas. Nazarimda, adabiyot ham o'zgani his qilishdan boshlanadi.
Yaxshiyam san'at bor. U bizni qutqaradi. Vaqtinchalikka bo'lsa ham oʻzimizni baxtli his qilish imkonini beradi. Oddiy misol, bolaligimdan to hozirgacha qiyinchiliklardan nurli hayotga chiqqan insonlar haqidagi kino va seriallarni boshqacha zavq va qiziqish bilan tomosha qilaman, qayta-qayta tomosha qilaman va bu menga iloji bor degan umid beradi. Ha, men aynan umid uchun koʻraman oʻsha filmlarni.
Tuyg'ularingizni muqaddaslashtirmang. Shunda pushaymon ta'midan yiroqroq boʻlasiz.
O'ta yaxshi bo'lib ketmang - baribir qadrlashmaydi. Biroz yomon va xudbinroq ham boʻlish kerak. Oʻshanda qadrli bo'lasiz.
O'zgaring, ammo o'z xohishingiz bilan. Zero bugun bir eshigingizni ochgan odam, ertaga butun qo'rg'oningizni zabt etishga urinadi.
O'zimni o'ldiraman deb ko'p oʻylamang va gapirmang. Baribir qo'lingizdan kelmaydi.
O'lim - yechim emas, qochish.
Harakat qilmasdan muvaffaqiyatsiz boʻlishdan, harakat qilib muvaffaqiyatsiz bo'lish yaxshiroq. Hech boʻlmaganda o'zingizni oqlash uchun sabab boʻladi.
@mendagi_mendaliklar