View in Telegram
Olomon davrida yashayapmiz. Hissizlashib, toqatsizlashib ketyapmiz kundan kun. Boshqalarning tuygʻulariga tupurib qoʻygan holda shahdam qadamlar ila yurib boryapmiz. Qilgan xatolarimizdan emas, ulardan xijolat chekishdan ham yiroqlashib, qizil yuzimiz qotayib bormoqda. Qora badanimizni oq niqoblar bilan ziynatlash urfga kirgan. Fikrlarimiz, g'oyalarimiz egnimizdagi kiyim modasiga oʻxshaydi, bugun bunisi moda boʻlsa, ertaga unisiga quloq tutib, og'iz angraytiramiz. Aqlimizga emas, kimsalarning og'ziga quloq solamiz. Ishlashgamas, ishonishga ixtisoslashib ketayotgandekmiz. Odamlar suv to'lqinlariga o'xshaydi - bugun biri ko'pirib toshsa, ertaga boshqasi. Munosabatlar qoʻlimizdagi vaqtinchalik sochiqchalar kabi - ehtiyojimizni tugatganidan soʻng tashlab yuboramiz. Ta'lim shaklimiz e'tiqodimizga o'xshaydi - bir kishi aytadi qolganlar bajaradi. Erga tegish, uylanishni obro' bilib, to'shakda bola yasashdan boshqasiga yaramaydigan parazitlar bilan to'lib-toshgan qozonda qovurilib yotibmiz. Tuturiqsiz umrimizning tizginli havaskorimiz. @mendagi_mendaliklar
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily