Suv tagida berkinib yotgan gavharning hech kimga foydasi tegmaganidek (Yusuf xos Hojib), oʻqilmagan kitobning ham qadri bo'lmaydi. Har qanday kitob o'qilganidan so'ng o'z bahosini topa oladi. Shu sabab kitobni juda bir ilohiylashtirish shart emas. O'rni kelganda kimgadir berib turing, hadya qiling - bilim ulashasiz.
Bitiruv ishim tufayli ko'plab ilmiy adabiyotlar kerak bo'lyapti. Elektron oʻqiy olmayman, bunga ko'zim ham, quntim ham chidamaydi. Ba'zan universitet kutubxonasida oʻqishga toʻgʻri keladi. Biroq vaqt va boshqa sabablar bilan kitoblarni uyga olib o'qishim kerak bo'lib qoldi. Afsuski, kutubxonadan olishning iloji boʻlmadi. Nima qilarimni bilmay ancha o'ylanib qoldim. Qariyb besh yuz sahifali ilmiy kitobni elektron oʻqib chiqish haqida oʻylovning oʻzi meni dahshatga solardi.
Xayriyatki, chorasi topildi. Bir yaxshi insonning yordamida Oʻzbekiston Milliy universiteti kutubxonasidan vaqtincha o'qish uchun olishga muvaffaq boʻldim. Bu meni quvontirdi, albatta. Oʻzi oxirgi ikki safardan beri izlagan ( va topolmagan) asarlarimni O'zMu kitobxonasi orqali topdim. Minnatdorman. Shunaqa kutubxonalar va ilmni qo'llab-quvvatlovchilar ko'paysin.
Ps. Ilm istab yurgan kishilarga kengfe'l va bag'rikeng bo'laylik. Hech qursa ilmni hurmat qiling.