Ayol o‘tib borarSen so‘rama, men ham aytmayin
Kuragimni singanini qars.
Shovqin solma, men uyg‘otmayin,
Yuragimda yotar bir yo‘lbars.
Baland bir o‘t yongan ichimni,
Men sovitib yashashim kerak.
O‘z-o‘zimga sarflab kuchimni,
Men ovutib yashashim kerak.
Ayol o‘tib borar, sho‘x yurib,
Shamollarda soch yoygan ayol.
Ich-ichida yo‘lbars o‘kirib
Sirtdan mayin jilmaygan ayol!!!
Qamishday egilgan o‘zim. Tik tarz - men o‘zim,
O‘z-o‘zimga o‘qib turguvchi — dars - men o‘zim.
Har dovonda ming o‘q yegan ko‘ksim qontalash,
O‘kirib yo‘l bosayotgan yo‘lbars - men o‘zim.Halima Xudoyberdiyeva