AQSh Tolibonga nisbatan yangi yondashuv ishlab chiqadimi?Trampning qayta hokimiyatga kelishi bilan AQSHning Afg‘onistonga nisbatan yondashuvi yana qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Tolibon bilan diplomatik aloqalardan voz kechish va izolyatsiya siyosati, aniq muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, Vashington strategiyasining asosiy elementi bo‘lib qolmoqda. Biroq,
Tolibon rejimining xalqaro miqyosda tobora e’tirof etilayotgani, mintaqada Xitoy, Rossiya va Eronning ta’sirining kuchayishi, shuningdek, amaldagi kursning samarali natijalar bermayotgani sababli hozirgi strategiyani yanada pragmatik yondashuvga o‘zgartirish zarurati paydo bo‘ldi.
Izolyatsiya siyosatining muvaffaqiyatsizliklariHozirgi kunda
Tolibon Afg‘oniston ustidan deyarli to‘liq nazoratni saqlab qolmoqda va
yaqin kelajakda uning hokimiyatiga real tahdidlar ko‘zga tashlanmayapti. Rejimni tan olishdan voz kechish va uni izolyatsiya qilishga urinish siyosati nafaqat ichki siyosatni o‘zgartira olmadi, balki tashqi bosimga qarshi kurashni yanada kuchaytirdi. Bundan tashqari, xalqaro izolyatsiya Tolibonning Pekin, Moskva va Tehron bilan aloqalarini yanada mustahkamlashiga yordam berib, AQSH uchun mintaqada qo‘shimcha muammolar tug‘dirmoqda.
Hamkorlik imkoniyatlariTolibon bilan ochiq kelishmovchiliklarga qaramay, AQSH va rejim manfaatlari kesishadigan sohalar mavjud. Eng avvalo, bu
terrorizmga qarshi kurashdir. Garchi Vashington Tolibonni “Al-Qoida” va boshqa terroristik guruhlar bilan aloqadorlikda ayblayotgan bo‘lsa-da, tomonlar uchun umumiy dushman – “IShID – Xuroson” mavjud. Hamkorlikni kuchaytirish, jumladan, razvedka ma’lumotlarini almashish, ushbu tahdidga qarshi kurashni kuchaytirishi mumkin edi.
Yana bir umumiy manfaatlar sohasi bu
gumanitar yordamdir. Afg‘onistondagi joriy iqtisodiy va ijtimoiy inqirozlar mintaqaning beqarorligiga olib kelishi mumkin. Kobul bilan barqarorroq aloqalar o‘rnatish yordamni taqsimlashning shaffof tizimini yaratishga hissa qo‘shishi mumkin, bu esa AQSH va xalqaro tashkilotlar uchun manfaatlidir.
AQSH strategiyasini o‘zgartirishdagi muhim qadamlaridan biri
Kobuldagi diplomatik missiyasini qayta tiklash ham bo‘lishi mumkin. Bu nafaqat mamlakatdagi vaziyatni kuzatishni yaxshilashga imkon beradi, balki
ichki jarayonlarga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini ham ochadi. Masalan, Tolibon rahbariyatida ayollar va qizlarning ta’lim olish masalalari bo‘yicha mavjud ichki qarama-qarshiliklar harakat ichidagi mo‘tadil elementlarning pozitsiyalarini kuchaytirish uchun ishlatilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Tramp ma’muriyati, agressivroq harakatlarga moyilligiga qaramay, Afg‘onistondagi kursni pragmatik hamkorlik tomon qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli istiqbolda bunday qadam AQSHga quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:
Birinchidan, mintaqaviy tahdidlarga, jumladan, terrorizmga qarshi kurashdagi pozitsiyalarini mustahkamlash.
Ikkinchidan, Xitoy, Rossiya va Eron ta’sirining kengayishini cheklash.
Uchinchidan, gumanitar yordamni samaraliroq taqdim etish orqali Afg‘onistonni barqarorlashtirishga hissa qo‘shish.
Biroq, inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari tomonidan tanqid va AQSH ichidagi potensial qarshilik kabi siyosiy xatarlarni hisobga olgan holda,
bunday yondashuv nozik diplomatik ishni talab qiladi. Uzoq muddatli istiqbolda pragmatik hamkorlikka o‘tish Afg‘onistondagi vaziyatga ta’sir qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin, ammo bu faqat Vashington joylardagi real sharoitlarni hisobga olib, bosim emas, balki murosa asosida harakat qilishga tayyor bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi.
Shunday qilib, oldingi yillarda hukm surgan izolyatsiya siyosati o‘z dolzarbligini yo‘qotib, AQSHning mintaqadagi maqsadlariga erishish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lgan yanada moslashuvchan strategiyaga yo‘l ochishi ehtimoldan xoli emas.
Strategic Focus: Central Asia