Смотреть в Telegram
Ta'limni rivojlantirish markazi va "Novda" bilan bog'liq vaziyatda meni eng hayron qoldiradigan narsa TRM va "Novda"ning xatti-harakarlari emas - bu ikki tashkilot nimani "maqbul" deb bilsa, shuni qilmoqda. Meni hayron qoldirayotgan, o'ylantirayotgan narsa - Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning pozitsiyasi, to'g'rirog'i, pozitsiyasizligi. O'quv yili boshida darsliklar yetishmovchiligi muammo bo'ldi. Darsliklar yetib kelgandan keyin ulardagi ilmiy, metodik va texnik xatolar o'z "jamoli"ni ko'rsatdi. O'qituvchilar, ota-onalar, jurnalistlar muammo haqida gapirishdi. Bir tizimda turli sinflarning ta'lim mazmuni o'rtasidagi izchillik buzildi, turli sinflar bir-biriga nomutanosib dasturlar va darsliklar bilan o'qiy boshladi. "Novda" ham, TRM ham o'z darsliklarining qaysi dastur asosida tuzilganligini haligacha ochiqlamadi. Intervyuda bu darsliklarning "Finlyandiyaga aloqasi yo'q" deyildi, parlamentdan pul undirish uchun esa "Finlyandiya tajribasi asosida" deb kiritildi. Nihoyat, darsliklar keysi korrupsiyani o'rganuvchi xalqaro tashkilotlar e'tiboriga ham tushdi ... Parlamentdan 6 milliondan ziyod maktab o'quvchilarining ta'limi - va demakki, kelajagi - uchun vakolat va mas'uliyatni bo'yniga olgan vazir bu voqealarga biron-bir tarzda munosabat, izoh, sharh, tushuntirish berganini esa shu paytgacha ko'rmadim. Xuddiki bu voqealarning vazirga aloqasi ham, qizig'i ham yo'qdek ...
Telegram Center
Telegram Center
Канал