View in Telegram
"Novda" darsliklari xalqaro tashkilotlar nigohida Dunyoda korrupsiya darajasini tadqiq qiladigan va Korrupsiyani qabul qilish reytingini (Corruption Perception Index) yuritadigan Transparency International tashkiloti U4 hamkor tashkilotlari so'roviga binoan "O'zbekistonda korrupsiya va korrupsiyaga qarshi kurash" obzorini e'lon qildi. Unda 2016-yilda boshlangan O'zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash harakatlariga qaramasdan, korrupsiya darajasi yuqoriligicha qolayotgani aytiladi. Obzorga ko'ra, sog'liqni saqlash va ta'lim eng korrupsiyalashgan sohalardan bo'lib qolmoqda. Obzorning ta'limga bag'ishlangan qismida "maktab darsliklari keysi" alohida keltiriladi: "2022-o'quv yilining boshida ijtimoiy tarmoqda - aftidan, tashkillashtirilgan kampaniyaning bir qismi sifatida - RTM darsliklarining tanqidi aylana boshlandi. Prezident Administratsiyasi huzurida muqobil darsliklarni yaratish bo'yicha maxsus komissiya tuzildi va o'sha paytdagi Administratsiya rahbari o'rinbosari Komil Allamjonov komissiya raisi bo'ldi. 2022-yil dekabrida ushbu organ Prezidentga o'zining muqobil darsliklarini taqdimot qildi. Keyinchalik, Allamjonov intervyuda bu darsliklarni yaratish 2019-yilda boshlanganini va jarayonni o'zi moliyalashtirganini tan oldi. 2023-yil sentyabrda Allamjonov jamoasi yaratgan darsliklar maktablarga joriy qilindi. Boshlang'ich sinflar darsliklari uchun byudjetdan 920 milliard so'm (75,4 million AQSH dollari) ajratilganligi aytildi. Darsliklarni Allamjonov asos solgan "Avtotest Mirobod" bilan bir xil manzilda joylashgan "Novda Edutainment" xususiy tashkiloti tayyorlagan. Bu nashriyot ilgariroq Allamjonovning biografik kitobini chop qilgan edi. Keyinchalik bu darsliklar 2023-yilda tuzilgan yangi davlat otgani - Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta'limni rivojlantrish markazi tomonidan tasdiqlandi. Markaz rahbari Vohid Hamidov ilgari "Novda Edutainment"da va "Avtotest Mirobod"da direktor bo'lgan", deyiladi Transparency International e'lon qilgan hujjatda.
Telegram Center
Telegram Center
Channel