Ta'limni rivojlantirish markazi va "Novda" bilan bog'liq
vaziyatda meni eng hayron qoldiradigan narsa TRM va "Novda"ning xatti-harakarlari emas - bu ikki tashkilot nimani "maqbul" deb bilsa, shuni qilmoqda. Meni hayron qoldirayotgan, o'ylantirayotgan narsa - Maktabgacha va maktab ta'limi
vaziri Hilola Umarovaning pozitsiyasi, to'g'rirog'i,
pozitsiyasizligi.
O'quv yili boshida darsliklar
yetishmovchiligi muammo bo'ldi. Darsliklar yetib kelgandan keyin ulardagi ilmiy, metodik va texnik
xatolar o'z "jamoli"ni ko'rsatdi.
O'qituvchilar,
ota-onalar,
jurnalistlar muammo haqida gapirishdi. Bir tizimda turli sinflarning ta'lim mazmuni o'rtasidagi izchillik buzildi, turli sinflar bir-biriga nomutanosib dasturlar va darsliklar bilan o'qiy boshladi. "Novda" ham, TRM ham o'z darsliklarining qaysi dastur asosida tuzilganligini haligacha
ochiqlamadi.
Intervyuda bu darsliklarning "Finlyandiyaga aloqasi yo'q" deyildi, parlamentdan pul undirish uchun esa "Finlyandiya tajribasi
asosida" deb kiritildi. Nihoyat, darsliklar keysi korrupsiyani o'rganuvchi xalqaro tashkilotlar
e'tiboriga ham tushdi ...
Parlamentdan 6 milliondan ziyod maktab o'quvchilarining
ta'limi - va demakki, kelajagi - uchun
vakolat va mas'uliyatni bo'yniga olgan vazir bu voqealarga biron-bir tarzda munosabat, izoh, sharh, tushuntirish berganini esa shu paytgacha ko'rmadim. Xuddiki bu voqealarning vazirga aloqasi ham, qizig'i ham yo'qdek ...