Ajoyib.
"Yuqoridagi muammoga aniq javob olish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaga murojaat qilinganda, mas’ul bu o‘quv yili uchun 5–11 sinf darsliklari chop etilmagani, o‘qitish avvalgi eski darsliklar asosida bo‘lishini ma’lum qildi. 1–4 sinfgacha bo‘lgan darsliklarni tayyorlash, tarqatish esa
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakolatiga kiradi, deya javob berildi. Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mas’ulidan holatga izoh berilishi so‘ralganda,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga bog‘lanishimiz kerakligi tushuntirildi".
Hudud24.uz surishtiruvidan
Mavzuga oid
so'rovnoma bu postda.
P.S. Qiziq. O'zi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bor bo'lsa, ma'muriy islohotlardan maqsad -
ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining
institutsional mustaqilligini oshirish deb e'lon qilingan bo'lsa, Ta'limni rivojlantirish markazini tuzishga o'zi nima zarurat bor edi? Faqat
"Novda"ning darsliklarini joriy qilish uchunmi? Shu tashkilot tugatilsa, ta'limda nimanidir yutqazamizmi?