View in Telegram
Alter Ego kanaliga berilgan intervyuda boshlovchining "fin taʼlim tizimi", "fin modeli" degan gaplar qachon paydo boʻldi?" degan savoliga Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori oʻrinbosari Yuliya Risyukova "bu afsona, biz hech qachon yoʻnalishni fin taʼlim tizimi tomon burmaganmiz", deb javob beradi. - В какой момент появилась "финская система образования", "по финской модели"? - Это миф. Мы никогда вектор на финское образование не задавали. ... Когда учебники были разработаны, перед нами стояла задача оценить их. ... Мы изучили финские экспертные компании, которые могут провести оценку учебников и обратились к ним. Demak, agar Yuliya Risyukovaning soʻzlarini toʻgʻri tushunayotgan boʻlsam, markaz tasdiqlab bergan "Novda" xususiy nashriyoti darsliklarining "fin taʼlim tizimi"ga aloqasi yoʻq. Darsliklar tayyor boʻlgandan keyin Finlyandiyada joylashgan tashkilot darsliklarga baho bergan. Qiziq. Unda, sobiq PA rahbari oʻrinbosari, darsliklarni takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh rahbari Komil Allamjonovning oʻtgan yili noyabrda aytilgan "Prezidentimiz Finlyandiya tajribasini bizda qo‘llash topshirig‘ini berdi. ... 1−4-sinflar uchun o‘quv majmualari o‘zimizning mutaxassislar tomonidan fin standartlari asosida tayyorlanmoqda", degan bayonotini qanday tushunmoq kerak? Yoxud, Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamovaning xuddi shu oʻtgan yil noyabr oyidagi brifingda aytilgan "PA huzuridagi ishchi guruh faoliyati doirasida hozirda Finlyandiya tajribasini yurtimizga keng joriy etish ... ishlari olib borilmoqda. ... Ayni paytda Olmazor tumani 134-maktabda Finlyandiya taʼlim tizimini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov jarayonlari boshlangan. Ishlarning mantiqiy davomi sifatida ... maktablarda ... 1-4-sinflarda Finlyandiya masʼul idoralari tomonidan sifat belgisi bilan qayd etilgan zamonaviy darsliklarning aprobatsiyasi oʻtkaziladi", degan gaplarini qanday tushunmoq kerak? Faqat menga oʻtgan yili noyabr oyida aytilgan gaplar va bugun aytilayotgan gaplar bir-birini inkor qilayotgandek tuyulmoqdami? Yana bir narsa. "Мы сотрудничали с той компанией, которая хорошо себя зарекомендовала именно в министерстве образования Финляндии. ... Само министерство образования Финляндии обращается к этой компании для сертификации своих учеников", deydi Yuliya Risyukova. Lekin ... Agar bu yerda Risyukova "Education Alliance Finland"ni nazarda tutayotgan boʻlsa ("Novda"ning ayrim darsliklarida aynan shu tashkilotning 6 oy muddatga bergan sertifikatini koʻrish mumkin edi) - bu tashkilot asosan EdTech mahsulotlari (taʼlimiy oʻyinlar, kompyuter dasturlari) sertifikatlatsiyasi bilan shugʻullanadi. Tashkilot saytida uning Finlyandiya taʼlim (aniqrogʻi , taʼlim va madaniyat) vazirligi darsliklarini ekspertizadan oʻtkazib bergani haqida maʼlumot mavjud emas. Qolaversa, Finlyandiyada darsliklarni xususiy nashriyotlar yaratadi, maktablar esa nashriyotlar taklif qilayotgan darsliklardan istaganini tanlaydi, yaʼni Finlyandiya taʼlim vazirligining "oʻz darsliklari" mavjud emas. Vazirlik hatto darsliklarni tasdiqlash bilan ham shugʻullanmaydi. То есть, "своих" учебников у министерства образования (точнее , министерства образования и культуры) Финляндии не существует, то есть министерство не занимается разработкой учебников - учебники разрабатывают и издают частные издательства. Министерство даже не занимается экспертизой учебников. Ozroq fact-checking koʻnikmalarini ishga solish hech qachon zarar qilmaydi.
Telegram Center
Telegram Center
Channel