— Bemalol. — Menga tez yordam kerekmas faqat telefonimda pul tugab qolibdi. Bitta nomer beraman shunga tel qilib aytib yuboring menga tel qilib yuborsin.
Soat 5:15 soatga qaradim-u negadir bolaligim esimga tushdi. U paytlarda uy oʻtin bilan isitilinardi.
Pechkada isitilgan uy ertalabga yaqin rosa sovub ketardi. Ertalab onamni togʻorada oʻtin obkirib pechkaga olov yoqardi. Gugurtni chiqillashi, tutun hididan uygʻonib ketardim.
" Tur maktabingga kech qolasan" desalar boshimni koʻrpaga burkab olardim. Juda qattiq uyqum kelardi. Koʻchada qaliiin qor kimni ham issiq joyidan uygʻongisi keladi axir.
Bugun bir yana shunday bola boʻlib qolgim keldi negadir....
Siz oʻzingizdan kattalar bilan yursangiz nimalar boʻladi?
Yurasiz, deganimga darrov hayolingiz yovvoyi kabutardek bir joylarga ketib qolmasin. Siz oʻylagan narsa nazarda tutmadim, «mejdu prochim».
Bunda ayollar yon atrofida oʻzidan besh yoki oʻn yosh kattalar bilan qoʻni–qoʻshnichilik qilsa, birga ishlasa birga borib kelish sirdosh boʻlsa qanday yaxshi yomon taraflari borligi haqida aytib bermoqchiman.
Oʻx, bitta sarlavha tushuntirgunimcha shuncha yozib tashladim oʻqituvchi boʻlsam juda ezma oʻqtuvchi boʻlardim oʻziyam.
Men hozirda ishlayman ishxonamizda mendan ancha kattalar oʻn yoshgacha, men tengilar ikki-uch yosh farq qiladiganlar va mendan oʻn yoshgacha boʻlgan qizposhshalar bor.
Ishimiz yuzasidan har biri bilan muloqot qilaman. Va bir narsalarni tushunib olganman. Sizlarga ham aytib qoʻymoqchiman. Biron kun kerak boʻlib qolar balkim bilib boʻlmaydi.
Katta ovsinim sigir sogʻdi, kichigimiz salat qildi. Hammasi joyida edi «vrode».
Hammasi ovqat suzayotganimda roʻy berdi. Lagan toʻlib, qozonda ovqat qolmagani hisob. 3 ovsin bir boʻlib kuymalanib qoldigu nima boʻlganini ham tushunmay, hamma ovqatni yer tishlatdik🤦♀
Bunga eng katta guvoh meni 3 yoshli qizim edi.
Gaz yozlik oshxonada edi. Yeri tuproq. Nima qilishni bilmay turgandik, koʻchadan qaynotamni ovozi eshitildi.
Ovqatlandilami desa yoʻq debmiz baravar. Ha desak oʻlamizmi. Unda suzinglar qornim och deb qoldilar.
3 ta boʻlib yerdagi ovqatni ustini asta laganga soldik. Qayniotamga qozondagi ovqatdan suzib olib berdik.
Qaynotam ishtaha bilan ovqatni yedi, qizcham ol ovqatingni ye desa Qizim vlaq vlaq deb qoshiqni itarib tashlaydi.
Qayniotam boʻlsa rangi yoqmayaptimi deyman shunga yegisi yoʻq deb qoʻyadi.
Biz 3 ovsin bir birimizga irshayib qoʻyamiz. Bazoʻr yarim qoshiqdan ovqat yeganmiz oʻshanda.
Shu voqeaga ham 5 yil boʻldi. Qizim hozir 8 yosh hali ham moshkichiri yemaydi. Sababini oʻzi bilmaydi 😉
Sizlarda moshkichirini nima deyishadi bir komentda yozing, bilvolaylik ☺️
Moshkichiri operatsiyasi yoxud Sottining yer tishlagan ovqati....
Biz tomonlarda mosh bila guruchni quyuq qilib pishirilgani moshkichiri deyishadi. Boshqa qishloqlik qoʻshnim buni moshova deydi. Bilmadim balkim siz yashaydigan joyda umuman boshqacha atalar bu ovqat. Lekin gap umuman bu haqida emas.
Oilada 3 kelinning kattasiman. Ovsinlarim hazillashib Sotti deb qoʻyishadi baʼzan. Qaynonamlar bilan turganimda ovqat har doim meni zimmamda boʻlgan chunki bu ish oʻzimga yoqadi. Hozir ham borsam qozonni hech kimga bermayman.
Bir kuni oyijonimizni toʻyga joʻnnatdik. 3 ovsin oʻylab oʻylab moshkichiri qilishga qaror qildik. Albatta sezganingizdek men oʻzimdan qaynona yasab olmay ovqatni qildim. Yomonam aqllimanda chunki 😁
Davomi qiziq boʻlsa reaksiya bilan qoʻllab turing davomini yozib kelaman.
Buni shu bugun 100% tushundim. Bu menimcha aqlim kirayotganidan dalolat boʻlsa kerak.
Kanalga reklama berish boʻyicha bir qiz yozibdi. Yozishmalarni qarasam oldin tarmoqli marketingni reklamasini bermoqchi boʻlgan ekan. Men rad etib sababini tushuntirganman.
Hozir qoʻlda sumka toʻqiyotganini aytdi. Yaxshi halol yoʻlni tanlabdi deb xursand boʻldim. Karta nomerimni yubordim. Pul tushdi.
Qolganini reaksiya bossangiz keyin oʻqiysiz degan boʻlardim-u, mindey qarab kanalimda oʻzimni 3 akkauntimdan boʻlak odam yoʻqligi esimga tushib qoldi 😁
Xullas voqeaga qaytamiz. Oradan besh daqiqa ham oʻtmadi. Telefonim har doim turadigan joyidan menga «Instagramga kir bu uy ishi tugarmidi» deb iltijoli boqib turgan bir paytda oyogʻi chiqdimi bilmayman. Oʻz-oʻzidan yorugʻlik tezligida tushib ketdi, borib qarasam tuqqan onasi ham tanimaydigan holatga kelib qolibdi.
Uncha-muncha ona bolasi kasal boʻlganda ham mendek yugurgalab ustaga yoge shifokorga chopmagan boʻls kerak.
Borib koʻrsatsam telefon akamizni dardlari ancha ogʻir ekan. Faqat tumandagi doʻxturlarni tishi oʻtishini bilib Parkent shahri tomon yoʻl oldim.
Allohga shukur telim tuzaldi. Lekin oʻyladim nima uchun bunday boʻldi deb. Haligi qiz hayolimga keldi, reklamasiga kirdim, kanaliga oʻtay desam yopiq kanal.
Oradan 4 soat oʻtdi hali ham qabul qilgani yoʻq. Qabul qilmasa ham kerak. Xullas aldandim va bu pul mendan 4 baravar boʻlib chiqib ketishga ham ulgurdi.
Yomon qaynonani qizinikiga quvish boʻyicha tavsiyalar
Shunday sarlavha bilan bir post boʻlsa hamma oʻzbek kelinlari yashirincha yotvolib oʻqishardi.
Tavsiyalarni ikir-chikirigacha qoʻllashardi-yu keyin erjonlariga shu postni koʻrsatib «Qaren, qanaqa yomon kelinlar bor-a, siz xotinga yolchigansiz» deb oʻzlarini yaxshi koʻrsatgan boʻlisharmidi.
Lekin menda bunday bilim yoʻq, chunki qizimni qaynonasi ey yoʻgʻe, qaynanamni qizi yoʻq 😉