Qishni kunida uygʻonish biram qiyin
Soat 5:15 soatga qaradim-u negadir bolaligim esimga tushdi. U paytlarda uy oʻtin bilan isitilinardi.
Pechkada isitilgan uy ertalabga yaqin rosa sovub ketardi. Ertalab onamni togʻorada oʻtin obkirib pechkaga olov yoqardi. Gugurtni chiqillashi, tutun hididan uygʻonib ketardim.
" Tur maktabingga kech qolasan" desalar boshimni koʻrpaga burkab olardim. Juda qattiq uyqum kelardi.
Koʻchada qaliiin qor kimni ham issiq joyidan uygʻongisi keladi axir.
Bugun bir yana shunday bola boʻlib qolgim keldi negadir....