Moshkichiri operatsiyasi yoxud Sottining yer tishlagan ovqati....
Biz tomonlarda mosh bila guruchni quyuq qilib pishirilgani moshkichiri deyishadi. Boshqa qishloqlik qoʻshnim buni moshova deydi. Bilmadim balkim siz yashaydigan joyda umuman boshqacha atalar bu ovqat. Lekin gap umuman bu haqida emas.
Oilada 3 kelinning kattasiman. Ovsinlarim hazillashib Sotti deb qoʻyishadi baʼzan. Qaynonamlar bilan turganimda ovqat har doim meni zimmamda boʻlgan chunki bu ish oʻzimga yoqadi. Hozir ham borsam qozonni hech kimga bermayman.
Bir kuni oyijonimizni toʻyga joʻnnatdik. 3 ovsin oʻylab oʻylab moshkichiri qilishga qaror qildik. Albatta sezganingizdek men oʻzimdan qaynona yasab olmay ovqatni qildim. Yomonam aqllimanda chunki 😁
Davomi qiziq boʻlsa reaksiya bilan qoʻllab turing davomini yozib kelaman.