View in Telegram
Katta ovsinim sigir sogʻdi, kichigimiz salat qildi. Hammasi joyida edi «vrode». Hammasi ovqat suzayotganimda roʻy berdi. Lagan toʻlib, qozonda ovqat qolmagani hisob. 3 ovsin bir boʻlib kuymalanib qoldigu nima boʻlganini ham tushunmay, hamma ovqatni yer tishlatdik🤦‍♀ Bunga eng katta guvoh meni 3 yoshli qizim edi. Gaz yozlik oshxonada edi. Yeri tuproq. Nima qilishni bilmay turgandik, koʻchadan qaynotamni ovozi eshitildi. Ovqatlandilami desa yoʻq debmiz baravar. Ha desak oʻlamizmi. Unda suzinglar qornim och deb qoldilar. 3 ta boʻlib yerdagi ovqatni ustini asta laganga soldik. Qayniotamga qozondagi ovqatdan suzib olib berdik. Qaynotam ishtaha bilan ovqatni yedi, qizcham ol ovqatingni ye desa Qizim vlaq vlaq deb qoshiqni itarib tashlaydi. Qayniotam boʻlsa rangi yoqmayaptimi deyman shunga yegisi yoʻq deb qoʻyadi. Biz 3 ovsin bir birimizga irshayib qoʻyamiz. Bazoʻr yarim qoshiqdan ovqat yeganmiz oʻshanda. Shu voqeaga ham 5 yil boʻldi. Qizim hozir 8 yosh hali ham moshkichiri yemaydi. Sababini oʻzi bilmaydi 😉 Sizlarda moshkichirini nima deyishadi bir komentda yozing, bilvolaylik ☺️
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily