Menga harom pullar umuman yuqmaydi...
Buni shu bugun 100% tushundim. Bu menimcha aqlim kirayotganidan dalolat boʻlsa kerak.
Kanalga reklama berish boʻyicha bir qiz yozibdi. Yozishmalarni qarasam oldin tarmoqli marketingni reklamasini bermoqchi boʻlgan ekan. Men rad etib sababini tushuntirganman.
Hozir qoʻlda sumka toʻqiyotganini aytdi. Yaxshi halol yoʻlni tanlabdi deb xursand boʻldim. Karta nomerimni yubordim. Pul tushdi.
Qolganini reaksiya bossangiz keyin oʻqiysiz degan boʻlardim-u, mindey qarab kanalimda oʻzimni 3 akkauntimdan boʻlak odam yoʻqligi esimga tushib qoldi 😁
Xullas voqeaga qaytamiz. Oradan besh daqiqa ham oʻtmadi. Telefonim har doim turadigan joyidan menga «Instagramga kir bu uy ishi tugarmidi» deb iltijoli boqib turgan bir paytda oyogʻi chiqdimi bilmayman. Oʻz-oʻzidan yorugʻlik tezligida tushib ketdi, borib qarasam tuqqan onasi ham tanimaydigan holatga kelib qolibdi.
Uncha-muncha ona bolasi kasal boʻlganda ham mendek yugurgalab ustaga yoge shifokorga chopmagan boʻls kerak.
Borib koʻrsatsam telefon akamizni dardlari ancha ogʻir ekan. Faqat tumandagi doʻxturlarni tishi oʻtishini bilib Parkent shahri tomon yoʻl oldim.
Allohga shukur telim tuzaldi. Lekin oʻyladim nima uchun bunday boʻldi deb. Haligi qiz hayolimga keldi, reklamasiga kirdim, kanaliga oʻtay desam yopiq kanal.
Oradan 4 soat oʻtdi hali ham qabul qilgani yoʻq. Qabul qilmasa ham kerak. Xullas aldandim va bu pul mendan 4 baravar boʻlib chiqib ketishga ham ulgurdi.
Toʻgʻri boʻlaverish kerak...