Respublikamizda eng birinchilardan bo‘lgan kanalimizga xush kelibsiz!
Kanalimizda ona tili va adabiyot, o'zbek tiliga oid ma'lumotlar, ta'lim yangiliklari yoritiladi.
Biz bilan bir qadam oldindasiz!
🌹🌹
BOSH ADMIN: @Dilda_Ollohim
ADMINKA: @TEACHER_KR
📌 Ta'lim metodlari va uslublari asosida tuzilgan testlar ko‘p kelmoqda ushbu qo‘llanmani o‘qib, metodlarga berilgan qisqacha tasnif bilan tanishib olinglar.
1. Jingalaksoch keldi. 2. Yig‘ilishga mo’ylovni chaqirib kelmoq. 3. Tuz totmagan edim. 4. To’qqiz og’izni qanday boqaman. 5. o’n bosh qoramol, 6. fermasida tuyoqlar soni ko’paydi 7. cho‘loqqa achinish bilan qaramoq, 8. Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajada egma qoshima 9. oyyuz, qorako‘z, oq bilak, sarvqomad 10. Eshikka kiring, aka, bir payola choy-poy ichib keting 11. Olma archiyotib qo’lini kesib oldi 12. Ishqingda qora boshim oqardi 13. Gunohi ne edi, bu tilla boshning. 14. O’n qo’li o’n hunar. 15. Bu la’nati g’ildirakni yurgizish jonimga tegib ketdi. 16. Bitta shu tuyoq bilan oltita bolani boqdim. 17. Hademay suruvda tuyoqlar ko’payadi. 18. Allaqanday qo‘llar uni suyab-surgab amal kursisiga o‘tqazib qo‘ydi. 19. Uyda to’qqizta qora ko’z sizni intiqlik bilan kutib turibdi. 20. Eshitgan quloq nima deydi?! 21. Bu mehribon qo’llar bizni ham chetga surib qo’yishmadi. 22. Olma guli gul emas, taqsam chakkamda turmas. 23. Bunday gaplar faqat sinalgan, ishonchli og’iz orqali boshqariladi. 24. Turkiylar boy bo`lsa, tom soladi. 25. Menga bir burda non bo’lsa bas. 26. Oftob kirmagan uyga tabib kiradi. 27. Kalning nimasi bor, temirdan tarog’i. 28. Endi yetti og’izni qanday qilib boqaman. 29. Uyda meni ikkita qorako’z kutib turibdi 30. Jingalaksoch burilib qaradi. 31. Olma archayotib qo’lini kesib oldi. 32. Bitta tuyoq bilan beshta bolani boqdim. 33. Bu ko’zlar, bu qoshlar menga tanish. 34. Mahallamizda begona oyoqlar ko’payib qoldi. 35. Uyimizda uchta tuyoq bor. 36. Guruhimizni birlashtirish uchun bir bosh kerak bolib qoldi. 37. Hozirgi yoshlarimizga ko’z tegmasin. 38. Dunyoda tashvishlarni ko’p chekdi boshim. 39. To’rt egat palak ekdim. 40. Dunyoda o’zimizdan keyin qoladigan tuyog’imiz faqat shu otabekdir. 41. Beshala qo’lingni og’zingga tiqma. 42. Qaro ko’zum, kel-u mardumlig’ emdi fan qilg’il. 43. Mana, uch kundan beri qorasoqol yelkasiga ov miltig’ini osib, bo’rilarni ta’qib qiladi. 44. Yegan og‘iz uyaladi. 45. Osmonga tikilar million juft ko‘zlar.
Yaxshi tomonga o'zgarishga undaydigan 14 ta narsa:
1. O'zingizni o'zingiz aldamang; 2. Muammolardan qo'rqmang; 3. Kerakli odamlar bilan vaqt o'tkazing; 4. Samimiy bo'ling; 5. Hozirgi lahzani payqash va unda yashashni o'rganing; 6. Xatolaringizdan o'rganishingiz mumkin bo'lgan saboqlarni qadrlashni boshlang; 7. O'zingizga yaxshi munosabatda bo'ling; 8. Sizda bor narsalarga shukr qiling; 9. Baxtni o'zingiz topishni o'rganing; 10. G'oyalar va orzularingizga imkoniyat bering; 11. Keyingi qadamga tayyor ekanligingizga ishoning; 12. Yangi munosabatlarni boshlang; 13. Siz bilan uchrashgan odamlarga imkoniyat bering; 14. Faqat kechagi meningiz bilan raqobatlashing.
Ota - bobolarimiz aytadilarki: “Ketishni xohlaganni qirq dona tugun bilan bogʻlasang ham, ushlab qola olmaysan, qolishni istaganga esa bir tola soch ham yetadi”.