SINEKDOXAga misollar:
1. Jingalaksoch keldi.
2. Yig‘ilishga mo’ylovni chaqirib kelmoq.
3. Tuz totmagan edim.
4. To’qqiz og’izni qanday boqaman.
5. o’n bosh qoramol,
6. fermasida tuyoqlar soni ko’paydi
7. cho‘loqqa achinish bilan qaramoq,
8. Sajda aylar zohid ul mehrob aro,
Men qilurman sajada egma qoshima
9. oyyuz, qorako‘z, oq bilak, sarvqomad
10. Eshikka kiring, aka, bir payola choy-poy ichib keting
11. Olma archiyotib qo’lini kesib oldi
12. Ishqingda qora boshim oqardi
13. Gunohi ne edi, bu tilla boshning.
14. O’n qo’li o’n hunar.
15. Bu la’nati g’ildirakni yurgizish jonimga tegib ketdi.
16. Bitta shu tuyoq bilan oltita bolani boqdim.
17. Hademay suruvda tuyoqlar ko’payadi.
18. Allaqanday qo‘llar uni suyab-surgab amal kursisiga o‘tqazib qo‘ydi.
19. Uyda to’qqizta qora ko’z sizni intiqlik bilan kutib turibdi.
20. Eshitgan quloq nima deydi?!
21. Bu mehribon qo’llar bizni ham chetga surib qo’yishmadi.
22. Olma guli gul emas, taqsam chakkamda turmas.
23. Bunday gaplar faqat sinalgan, ishonchli og’iz orqali boshqariladi.
24. Turkiylar boy bo`lsa, tom soladi.
25. Menga bir burda non bo’lsa bas.
26. Oftob kirmagan uyga tabib kiradi.
27. Kalning nimasi bor, temirdan tarog’i.
28. Endi yetti og’izni qanday qilib boqaman.
29. Uyda meni ikkita qorako’z kutib turibdi
30. Jingalaksoch burilib qaradi.
31. Olma archayotib qo’lini kesib oldi.
32. Bitta tuyoq bilan beshta bolani boqdim.
33. Bu ko’zlar, bu qoshlar menga tanish.
34. Mahallamizda begona oyoqlar ko’payib qoldi.
35. Uyimizda uchta tuyoq bor.
36. Guruhimizni birlashtirish uchun bir bosh kerak bolib qoldi.
37. Hozirgi yoshlarimizga ko’z tegmasin.
38. Dunyoda tashvishlarni ko’p chekdi boshim.
39. To’rt egat palak ekdim.
40. Dunyoda o’zimizdan keyin qoladigan tuyog’imiz faqat shu otabekdir.
41. Beshala qo’lingni og’zingga tiqma.
42. Qaro ko’zum, kel-u mardumlig’ emdi fan qilg’il.
43. Mana, uch kundan beri qorasoqol yelkasiga ov miltig’ini osib, bo’rilarni ta’qib qiladi.
44. Yegan og‘iz uyaladi.
45. Osmonga tikilar million juft ko‘zlar.@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI