#0007
Bilasizmi, biz o‘zbeklar tug‘ilganimizdan birdaniga ball taqsimlash tizimiga tushamiz. Ushbu ballarni biz bir-birimizga berib charchamaymiz, lekin matritsadan o‘lib ham qutila olmaysan.
Masalan, o‘g‘il bo‘lib tug‘ilsang, avtomat +50 ball, qiz bo‘lib tug‘ilsang, -50 ball.
Toshkentda tug‘ilgan, avtomatom 20 ball plyus.
Qizing boyvachcha joyga tushdi +50 ball, sarpa zo‘r berdingiz +100 ball.
O‘g‘lingiz Malibu oldi +200 ball, keliningiz o‘g‘il tug‘madi -200 ball.
Chiroyli uchastkaga ko‘chdingiz +300 ball, qizingiz ajralib keldi -400 ball.
Oilangizda nogiron bola tug‘ildi... Buyam sizning reytingizni ancha pasaytiradi, shuning uchun o‘zbeklar ko‘pincha nogiron bolasini uyda bekitib o‘tiradi. Chet ellarda ko‘p oilalar bu bolalarni aravachada olib jamiyat hayotiga jalb qiladi, bizda esa ularni yorilgan boshga teng ko‘rib do‘ppi tagida berkitishadi.
Eh, mening o‘zbegimning do‘ppisi, nima nimalar yo‘q uning tagida.
Har birimiz o‘ylab ko‘raylik, balki hech kimga kerak boʻlmagan musobaqalar, hech kimga kerak boʻlmagan reytinglar orqasidan yugurib o‘zimizni va yaqinlarimizni baxtsiz qilayotgandirmiz?
@kitob_ombori