Detektivlar qirolichasi, arxeolog va kompozitor Agata Kristi
Uzoq yillik ijodiy faoliyati davomida Agata Kristi 60 ta detektiv roman, 19 ta hikoyalar to‘plami, yana shuningdek, Meri Uestmakott taxallusi ostida 6 ta psixologik roman yozgan XX asrning eng muvaffaqiyatli yozuvchisi bo‘lgan. U nafaqat dunyodagi eng mashhur yozuvchilardan biri, balki kitoblari eng ko‘p nashr etilgan yozuvchilardan ham sanalar edi. Kristi kitoblari qayta nashrlar soni bo‘yicha Injil va Uilyam Shekspir asarlaridan keyin 3-o‘rinda turadi. Yozuvchi uzoq va to‘kin hayot kechirgan. Agata Kristining hayoti va ijodiy davri haqida alohida roman yozsa arziydi. Bugun mashhur yozuvchining o‘ziga xos hayotiy yo‘li va uning adabiy faoliyati haqida ma’lumotlar berib o‘tamiz.