View in Telegram
- Boshimga bir ish tushib, pulga muhtoj bo‘lib qoldim, shuning uchun arzonga bervoraman, bo‘lmasa, bu narxga sotmas edim, - deydi mo‘ltirab. Siz: "Yo‘q, birodarim, buni sotmang. Men ehtiyojingizga yarasha yordam beray, muammolaringizni hal qilib oling", demaysiz - bunga hatto imkoningiz bo‘la turib ham. - Falonchi majburlikdan sotayotgan ekan, suv tekinga oldim, - deysiz maqtanib. Birovning hojatini chiqardim deb hisoblaysiz. Sizni eshitayotganlar achinadi... U odamning holidan bexabar qolganiga emas, u odamning yaxshi bir molini suv tekinga sotayotganidan bexabar qolganiga achinadi. Ichida: "Eyy, ertaroq bilganimda o‘zim olardim-a", deydi. Bu – hayotimizning eng oddiy chizgilaridan biri - dinu diyonatdan, odamgarchilikdan gapirib, katta ketishga haqqimiz yo‘qligini eslatuvchi bir chizgi... @kitob_ombori
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily