TANLOV
Tasavvuringizda 2200 yil: kelajakdagi ajdodlar uchun asarlar(Imagine 2200: Climate Fiction for Future Ancestors)1-oʻrin: $3000
2-oʻrin: $2000
3-oʻrin: $1000
Yana 9 finalchiga: $300(Bundan tashqari, tanlov tashkilotchilari Oregon State University bilan hamkorlikda gʻolib yozuvchiga
4 haftalik rezidentsiya ham taklif qiladi. Cli-fi janrida yozayotgan asari boʻlsa, davom ettirishi uchun.)
Gʻoliblar va finalchilarning hikoyalari toʻplamda va tanlovda tashkilotchilari vebsaytlarida chop etiladi.
Asosiy shartlari:Hikoya hajmi 2500-5000 ta soʻz orasida boʻlishi kerak.
(❗️Asarlar ingliz tilida yuboriladi, ingliz tiliga oʻgirilganda soʻzlar miqdori oshib ketadi, shuni hisobga olganda hikoyangiz 2000-4000 soʻz atrofida boʻlgani maʼqul.)Hikoyadagi voqealar yaqin kelajak bilan 2200 yillar oraligʻida boʻlishi kerak. Hikoya iqlim oʻzgarishi tufayli yuzaga kelayotgan muammolarga yechim berishi kerak.
(❗️ Tanlovning asosiy shartlaridan biri shu. Buni eʼtibordan qochirmang. Muammolarni koʻrsatish emas, ularning yechimi berish soʻralgan.)
Albatta, hikoya kuchli syujet va obrazlarga ega boʻlishi, kelajakni kitobxon oʻngida jonlantira olishi kerak. Shu bilan birga, iqlim bilan bogʻliq ilmni badiyat bilan uygʻunlashtira olgan, qahramonlari tabiati goʻzal dunyoni qayta qura olish mumkinligiga umid bergan asarlar kutilyapti.
Asar avval hech qayerda nashr etilmagan boʻlishi kerak.
Sunʼiy intellektdan foydalanish mumkin emas.
😊Istalgan janrda yozilgan hikoya tanlovda ishtirok eta oladi.
Hikoyalar
24-iyungacha qabul qilinadi.
(❗️Tarjimaga hikoya bermoqchi boʻlgan ijodkorlar 1-iyunga qadar asarlarini yozib tugatsalar, tarjima qilishga ulguramiz.) PS Ingliz tilini tushuna oluvchi ijodkorlar tanlov va uning shartlari haqida quyidagi havola orqali oʻqishlari mumkin:
https://grist.org/climate-fiction/imagine-2200-contest-submissions/@authors_and_publish