Bristol universiteti tashkil qilgan badiiy tarjima mahorat maktabiga qabul qilingan edim. Yaqinda dasturni yuborishdi. Asosiy darsimizdan tashqari bir-biridan qiziq bir talay workshop va suhbatlar ham tashkil qilishibdi. Noshirlar hozirda qanday tarjima asarlar kutishayotgani, nashr sanoatidagi trendlar, shartnoma va kelishuvlarni qanday tuzish kerak, netvorking va shu kabi juda muhim mavzular haqida. Afsuski, hammasiga qatnasha olmas ekanmiz, ayni soatlarda bir necha workshop oʻtishi sabab. Men esa tanlovda qiynalib sargardonman.