8 yoshli bolaning onasi vafot etgandan so‘ng otasi boshqa ayolga uylanishga majbur bo‘ldi. Oradan bir necha kun o‘tgach ota farzandini bag‘riga bosib: - O‘g‘lim, yangi onang yaxshi ekanmi, deb so'rab qoldi. Bola judayam beg‘uborlik bilan javob berdi: - Oldingi onam menga yolg‘on gapirardilar, ikkinchi onam unday emas ekan. Ota: - Nimaga o‘g‘lim? O‘g‘il: - Gapimga quloq solmasang senga ovqat bermay qo‘yaman", derdilar. Gaplariga quloq solmasam ham ovqat berardilar. Yangi onam, "agar o‘yinni bas qilmasang senga ovqat yo‘q", deydilar. Qachon o‘ynab qaytib kelsam ovqat bermayaptilar. Menga yolg‘onchi onamni topib bering.
✨U juda badavlat. U boy…Butun shahar taniydi uni. Degani degan, aytgani aytgan. Bir qo‘ng‘iroq bilan har qanday bitmayotgan ishni bitkazib yuboradi. Qo‘li yetmaydigan joy yo‘q. Axir…puli ko‘pku…
Erta tongda turdi… Qarz so‘rab chiqqan qo‘shnisini pul yo‘q, deya javobini berib yuborar ekan, istehzoli tabassum qildi. Bopladimmi, deya ayoliga yuzlandi. Bopladingiz, dedi ayol… Dili og‘ridi qo‘shnini…
Qismat ekan. Shu kuni tush vaqtida yurak huruj qildi. Hamma joyga yetadigan qo‘li, tortmadagi hapdoriga yetmadi. Shifokorlar ojiz qoldilar…
1968 йилда бир киши вафот этди. Дафн маросимидан кўп ўтмай, бева аёл ўлимидан олдин эрининг ютуқли лотерея сотиб олганини эслайди. Аммо у чиптани ўзи тополмайди ва кейин эри билетларни кўмилган костюмининг ички чўнтагида қолиб кетгани эсига тушиб қолади. Оила нуфузли бўлганлиги сабабли, аёл тезда жасадни қазиб олишга муваффақ бўлади. Тобутни очганида эса 😱👇
Tanishdilar… Sevishdilar… Turmush qurdilar… Farzand ko’rdilar… To’ng’ichi nimjonroq edi. Kasal bo’lib, ko’p kuydirdi… O’rtanchasi o’yinqaroq edi… Qamalib chiqdi… Kenjasi qiz edi… Erkaroq o’sdi. Turmushi buzildi… Bir kuni erkak kechasi uyg’onib ketdi. Uzoq o’y o’ylab yotdi. Qarasa, ayoli ham uyg’oq ekan. - Onasi,- dedi. - Dunyoga kelib nima ko’rdik o’zi? - Bilmasam, - dedi ayoli xo’rsinib… ..Bobotoqqa borganimda qurib qolgan ikkita daraxtni ko’rgandim. Ikkalasi bir-biriga suyani-i-ib turardi...
Bir lahzada hal bo'ladigan hamma-hammasi uchun bebaholarimizni alishib yuborganimiz achinarli... O'zining qo'liga nima bo'lmasin baribir topshiramiz, ertami-kechmi hammasini... Chunki biz shunday yaralganmiz... Biz doim Unga muhtoj, Uning oldida ojizmiz... Boshqacha bo'lishi mumkin emas... Faqat... faqat vaqt va yana ko'p boshqalarni yo'qotganimiz qoladi halos... Bugun men yana ham ojizligimni, hech kim emasligimni his qildim... Yig'ladim, dodladim, siqildim... Oxiri Allohim yozganinga roziman deyishim bilan og'riq ketdi... taskin keldi... sabab yechildi.... Bu juda yoqimli va huzurbaxsh holat... Ishonish uchun uzoq kutmang... Nima bo'lsa ham Roziman deng... Uni topasiz....!
*** —Tunov kuni aytgan duomni yodladingmi?. —Adasi, esimdan chiqibdi, yodlayman, inshaalloh...
*** — O‘sha kuni aytgan duoni yodladingmi, aytib ber. — Yo‘q, hali... — Duoni yodlashing shart keyin, har kuni qirq marta aytishing kerak. Uning boshi tavhid, o‘rtasi tasbeh, oxiri istig‘fordir. Shuncha she’r yodlagan odamga bitta duoni yodlash shu qadar qiyinmi? Yodlamasam qutulmasligimni bilaman. Ishdan kelsam, uyda hech kim yo‘q ekan. Ovozimni chiqarib yuz marta qaytargandim va nihoyat yod oldim. Endi xursand bo‘lib o‘tiribman. Alhamdulillah
Yodlaganimni aytib "suyunchi" olsam, yana rag‘batlantirib qo‘ydilar.
📿—“La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn”
ni ko‘p aytishing kerak. Bu zikr g‘amlarga qahr ko‘rsatib, shodlikni jalb qiladi. Bu Yunus alayhissalomning duolari bo‘lib, shu duolari sababli nahang qornidan qutilganlar.
Sizga ham glavniyingiz uchun islomiy va hayotiy achchiq statuslar kerakmi unda sizga bu kanalni shaxsan o'zim tavfsiya qilaman🔐⚜ 100.000 mingdan ortiq qablarni oziga jamlagan kanal🤍🕊 o'zingizga mos statuslarni shu yerdan topasiz🔍
U xufton namozini o‘qib, ayolining oldiga kirdi. Farzandlari uxlab yotgan edi. Ayolidan so‘radi: — Bolalar namoz o‘qishdimi? — Yo‘q, uyda biron yegulik qolmagan, ozgina ovutay desam, namoz o‘qimay uxlab qolishdi, dedi ayoli. — Uyg‘ot, namozlarini o‘qib olishsin. — Begim, o‘yg‘otsam, ochlikdan yig‘lashadi, yegani biron narsa yo‘q axir. — Menga ularni namozga buyurishim amr etilgan, rizqlariga kafil emasman. Uyg‘ot, rizqlari Allohning zimmasida. Buni O‘zi aytgan: «Ahlingni namozga amr et va o‘zing unga sabr qil. Biz sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq berurmiz. Oqibat taqvonikidir». (To ho surasi 132-oyat)
Ayoli tushunib, farzandlarini uyg‘otdi. Ular namozlarini o‘qib bo‘lishgan edi ham, eshik taqilladi. Qarashsa, ostonada bir badavlat odam qo‘lida anvoi ne’matlar ko‘tarib turibdi. — Mana bularni olib, oila ahlingiz bilan yesangiz, deb, qo‘lidagilarni uzatdi. — Uzr, siz kim bo‘lasiz, bular nima? — deb so‘radi uy egasi. — Uyimga shaharning boobro‘ bir kishisi kelgan edi. Bu yeguliklarni u uchun hozirlagan edim. Lekin taomni boshlashdan oldin u bilan tortishib qoldik. Keyin u hech narsa yemaslikka qasam ichib, chiqib ketdi. Men bularni qo‘limga oldim-da, kimning eshigi oldida to‘xtasam, o‘shanga beraman, dedim. Alloh nomiga qasamki, ko‘p uylardan o‘tib, sizning ostonangizda to‘xtab qoldim. Qasam ichaman, bu yerga qanday kelganimni ham bilmayman, dedi.
«Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin».
Diniy ilmlardan xabardor bir ayol universitetda ayollarga dars berar edi. Bir kuni u ta’lim berayotgan ayollarga shunday dedi Taqvodor ayol Payg‘аmbar s.a.v ga ergashgan holda o‘z eriga ko‘pxotinlik sunnatini tiriltirishida yordam berishi va erining istagini rad qilmasligi kerak Keyin u ko‘pxotinlikning zarurati haqida sabablar keltira boshladi. Dars tugaganidan so‘ng uning oldiga Fathiya ismli bir ayol keldi va
Alloh sizgа yordam bersin. Oldin qanday qilib ushbu masala bo‘yicha yoningizga kelishni bilmay yurardim. Ammo, alhamdulillah, siz buni juda yaxshi tushunarkansiz. Men 4 yildan beri sizning eringiz bilan yashayapman va buni sizga qanday aytishni bilmayotgandim.
O‘qituvchi hushsiz yerga yiqildi va uni kasalxonaga olib ketishdi. Fathiya ham ular bilan ketdi. Ayol hushiga kelganda, unga
- Allohga qasamki, men sizning eringizni tanimayman va ko‘rmaganman. Keling, keyingi safar ibodat, ro‘za,ota-onaga yaxshilik haqida gapiring, o‘zingiz ko‘tara olmaydigan narsalarni emas
🌿Keksa otaxon har kuni mahalladagi bir bolakayning yalang oyoq, rezina to‘p bilan futbol o‘ynayotganiga ko‘zi tushardi. Bir kuni do‘konga borib poyabzal oldi va bolaga tutqazdi: — Buni kiyib ol, bolajonim, senga deb oldim. Bolajon quvonchdan qiyqirib yubordi va shu zahoti poyabzalni kiyib oldi. So‘ng soch-soqoli oppoq boboga hayrat bilan tikilib: — Siz Allohmisiz? - deya so‘radi. Keksa kishining qo‘l-oyog‘i qaltirab, labini tishladi va: — Astag‘firulloh, bolam, unday demagin. Qo‘l-oyoqchalari kir, qalbi dunyodagi eng toza narsadan ham pokiza bolakay yana hayrat to‘la nigohlarini boboga qadadi: — Unda siz Allohning do‘sti ekansiz-da! Chunki men kecha tunda Allohga poyabzalim yo‘qligini aytgandim, menga poyabzal yuborgin deya yig‘lagandim... Otaxon ko‘z yoshlarini ko‘rsatmaslik uchun bolani bag‘riga bosdi... Baʼzan Alloh duolarimiz ijobati uchun yaxshi insonlarni joʻnatadi... Nogahon yaxshiyam borsizlar, yaxshi odamlar degisi keladi odamni...☺️