View in Telegram
🌿 —Mana shu duoni yodla. —Xo‘p, xo‘p... *** —Tunov kuni aytgan duomni yodladingmi?. —Adasi, esimdan chiqibdi, yodlayman, inshaalloh... *** — O‘sha kuni aytgan duoni yodladingmi, aytib ber. — Yo‘q, hali... — Duoni yodlashing shart keyin, har kuni qirq marta aytishing kerak. Uning boshi tavhid, o‘rtasi tasbeh, oxiri istig‘fordir. Shuncha she’r yodlagan odamga bitta duoni yodlash shu qadar qiyinmi? Yodlamasam qutulmasligimni bilaman. Ishdan kelsam, uyda hech kim yo‘q ekan. Ovozimni chiqarib yuz marta qaytargandim va nihoyat yod oldim. Endi xursand bo‘lib o‘tiribman. Alhamdulillah Yodlaganimni aytib "suyunchi" olsam, yana rag‘batlantirib qo‘ydilar. 📿—“La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn” ni ko‘p aytishing kerak. Bu zikr g‘amlarga qahr ko‘rsatib, shodlikni jalb qiladi. Bu Yunus alayhissalomning duolari bo‘lib, shu duolari sababli nahang qornidan qutilganlar. Bizga shodlik sog‘inganlardan Alloh rozi bo‘lsin. Sizning ham shunday ustozingiz bormi? @Tasirli_gaplar — Хаёт мактаби
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily