🌿 Bu dunyo-Ibrohim alayhissalom o‘tga otilgan dunyo...
Bu dunyo-Nuh alayhissalomni jinniga chiqargan dunyo...
Bu dunyo-Yusuf alayhissalomni quduqqa ottirgan dunyo...
Bu dunyo-Rosululloh alayhissalomni jinnilikda va sehrgarlikda ayblagan dunyo.
Payg‘ambarlar ham ozor va sinovda yashab o‘tgan bu dunyodan, sendek gunohkorni boshingdan silab, peshonangdan o‘pib qo‘yishini kutyapsanmi?
Sinalasan, yaralanasan, ulg‘ayasan. Har safar qalbing parchalanganida, samodan bir eshik sen uchun ochiladi, Robb huzuridagi pardalar ko‘tariladi.
Fursatni g‘animat bilib u eshikdan foydalanib qol. Robbing sendek g‘aribni eshitaman, tushintirishlarsiz qabul qilaman, isbotlarsiz ishonaman deb turgan bir pallada, sen insonlarga dardingni tushintirish bilan, o‘zingni isbotlash bilan ovorasan…
🌿 Novvoy qo'shnimiz bor edi, yaqinda qiz chiqardilar. Biz o'ylaymiz, onalar farzandini ko'proq yaxshi ko'radi deb. Yolg'on.
Ota farzandini onadan kam suymaydi. To'g'ri, quchmasligi, erkalab bag'riga bosib o'tirmasligi mumkin. Lekin yaxshi ko'rib, ardoqlashi osmonga yetgulik.
Xullas, o'sha novvoy qo'shnimiz har kuni qizim issiq non yesin deb tong sahar, ko'chada hech kim yo'qligida derazasiga yangi yopilgan non ilib ketar edi.
Iymanibmi yo tashvish bo'lmasin debmi uyga kirmas edi. Nonni qo'yardi-yu ketar edi.
Mehr nima deb mendan so'rasalar, doim mana shu voqeani aytib beraman.
KRISTALL – Германия мутахассисларидан инновацион ечим! ✅ Узоқни ва яқинни кўра олмасликка қарши ✅ Глаукома, катаракта, астигматизмни даволашга ёрдам беради ✅ Ножўя таъсирсиз ва шифокорсиз қабул қилиш мумкин https://dexpress-uz.shop/kristall/13
🌿 Xafa bo‘lmaysan, arazlamaysan, tortishmaysan, ko‘ngling og‘rimaydi, ammo hech narsa eskisidek emas, nimadir kam, nimadir boshqacha. Ana shu befarqlik ko‘ngil ketmog‘idir, ana shu boshqachalik yurak sovumog‘idir.
Xafa bo‘lish ham yaqinlikning alomatidir. Sizdan xafa bo‘layotganlardan o‘pkalamang, ular shunchaki sizni ko‘ngliga yaqin olgan holos. Inson begona deb bilganidan aslo xafa bo‘lmaydi.
Men senga onam haqida aytib beray-ki , farzandlarimiz mo'jiza haqida so'rashganida aytib bergin . . .
Ba'zida insonlar ozgina haqlari uchun ham , arzimagan narsa bo'lishiga qaramay seni malomat qilib sendan rozi emasliklarini aytib qalbingni qiradilar ,
Onalar esa , sening ustingda sen ado qila olmaydigan darajada haqqi borligini bilsada , Onajon sizni yaxshi ko'raman degan bir og'iz so'zing uchun ham o'z haqlaridan kechib yuboradilar . . .🦋
— Eshikni tezroq yop; — Yaxshilab yop; — Avval gapirib olib, keyin tez ochib chiqvol; — Avval tez kirib eshikni yop, keyin gapiraverasan; — Eshikdan kirayotganda xayol surma; — Chiqayotgandayam; — Poyabzalingni obdon yechib olib, keyin eshik ochgin; — Avval eshikni yopib, keyin poyabzal kiy;
Qarasam, uyda issiq ob-havoni biroz bo‘lsa-da, ko‘proq ushlab turish uchun tayyor layfxak bo‘libdi. Sizlarga ham ilindim.)
8 yoshli bolaning onasi vafot etgandan so‘ng otasi boshqa ayolga uylanishga majbur bo‘ldi. Oradan bir necha kun o‘tgach ota farzandini bag‘riga bosib: - O‘g‘lim, yangi onang yaxshi ekanmi, deb so'rab qoldi. Bola judayam beg‘uborlik bilan javob berdi: - Oldingi onam menga yolg‘on gapirardilar, ikkinchi onam unday emas ekan. Ota: - Nimaga o‘g‘lim? O‘g‘il: - Gapimga quloq solmasang senga ovqat bermay qo‘yaman", derdilar. Gaplariga quloq solmasam ham ovqat berardilar. Yangi onam, "agar o‘yinni bas qilmasang senga ovqat yo‘q", deydilar. Qachon o‘ynab qaytib kelsam ovqat bermayaptilar. Menga yolg‘onchi onamni topib bering.
✨U juda badavlat. U boy…Butun shahar taniydi uni. Degani degan, aytgani aytgan. Bir qo‘ng‘iroq bilan har qanday bitmayotgan ishni bitkazib yuboradi. Qo‘li yetmaydigan joy yo‘q. Axir…puli ko‘pku…
Erta tongda turdi… Qarz so‘rab chiqqan qo‘shnisini pul yo‘q, deya javobini berib yuborar ekan, istehzoli tabassum qildi. Bopladimmi, deya ayoliga yuzlandi. Bopladingiz, dedi ayol… Dili og‘ridi qo‘shnini…
Qismat ekan. Shu kuni tush vaqtida yurak huruj qildi. Hamma joyga yetadigan qo‘li, tortmadagi hapdoriga yetmadi. Shifokorlar ojiz qoldilar…
1968 йилда бир киши вафот этди. Дафн маросимидан кўп ўтмай, бева аёл ўлимидан олдин эрининг ютуқли лотерея сотиб олганини эслайди. Аммо у чиптани ўзи тополмайди ва кейин эри билетларни кўмилган костюмининг ички чўнтагида қолиб кетгани эсига тушиб қолади. Оила нуфузли бўлганлиги сабабли, аёл тезда жасадни қазиб олишга муваффақ бўлади. Тобутни очганида эса 😱👇
Tanishdilar… Sevishdilar… Turmush qurdilar… Farzand ko’rdilar… To’ng’ichi nimjonroq edi. Kasal bo’lib, ko’p kuydirdi… O’rtanchasi o’yinqaroq edi… Qamalib chiqdi… Kenjasi qiz edi… Erkaroq o’sdi. Turmushi buzildi… Bir kuni erkak kechasi uyg’onib ketdi. Uzoq o’y o’ylab yotdi. Qarasa, ayoli ham uyg’oq ekan. - Onasi,- dedi. - Dunyoga kelib nima ko’rdik o’zi? - Bilmasam, - dedi ayoli xo’rsinib… ..Bobotoqqa borganimda qurib qolgan ikkita daraxtni ko’rgandim. Ikkalasi bir-biriga suyani-i-ib turardi...
Bir lahzada hal bo'ladigan hamma-hammasi uchun bebaholarimizni alishib yuborganimiz achinarli... O'zining qo'liga nima bo'lmasin baribir topshiramiz, ertami-kechmi hammasini... Chunki biz shunday yaralganmiz... Biz doim Unga muhtoj, Uning oldida ojizmiz... Boshqacha bo'lishi mumkin emas... Faqat... faqat vaqt va yana ko'p boshqalarni yo'qotganimiz qoladi halos... Bugun men yana ham ojizligimni, hech kim emasligimni his qildim... Yig'ladim, dodladim, siqildim... Oxiri Allohim yozganinga roziman deyishim bilan og'riq ketdi... taskin keldi... sabab yechildi.... Bu juda yoqimli va huzurbaxsh holat... Ishonish uchun uzoq kutmang... Nima bo'lsa ham Roziman deng... Uni topasiz....!