Yolg'onchi onamni topib bering.
8 yoshli bolaning onasi vafot etgandan so‘ng otasi boshqa ayolga uylanishga majbur bo‘ldi. Oradan bir necha kun o‘tgach ota farzandini bag‘riga bosib:
- O‘g‘lim, yangi onang yaxshi ekanmi, deb so'rab qoldi.
Bola judayam beg‘uborlik bilan javob berdi:
- Oldingi onam menga yolg‘on gapirardilar, ikkinchi onam unday emas ekan.
Ota:
- Nimaga o‘g‘lim?
O‘g‘il:
- Gapimga quloq solmasang senga ovqat bermay qo‘yaman", derdilar. Gaplariga quloq solmasam ham ovqat berardilar. Yangi onam, "agar o‘yinni bas qilmasang senga ovqat yo‘q", deydilar. Qachon o‘ynab qaytib kelsam ovqat bermayaptilar.
Menga yolg‘onchi onamni topib bering.
@Tasirli_gaplar — Хаёт мактаби