✨U juda badavlat. U boy…Butun shahar taniydi uni. Degani degan, aytgani aytgan.
Bir qo‘ng‘iroq bilan har qanday bitmayotgan ishni bitkazib yuboradi.
Qo‘li yetmaydigan joy yo‘q.
Axir…puli ko‘pku…
Erta tongda turdi…
Qarz so‘rab chiqqan qo‘shnisini pul yo‘q, deya javobini berib yuborar ekan, istehzoli tabassum qildi.
Bopladimmi, deya ayoliga yuzlandi.
Bopladingiz, dedi ayol…
Dili og‘ridi qo‘shnini…
Qismat ekan. Shu kuni tush vaqtida yurak huruj qildi.
Hamma joyga yetadigan qo‘li, tortmadagi hapdoriga yetmadi. Shifokorlar ojiz qoldilar…
Ta’ziyaga ko‘plar keldi..
Mayitni ko‘tarishib yuboring dedilar do‘stiga…
“Esingiz joyidami, kastyumim rasvo bo‘ladiku” dedi do‘sti
Eringiz bilan vidolashmaysizmi dedilar…
“Esingiz joyidami, o‘likdan qo‘rqamanku” dedi ayol…
Uy, davlat, mashina, do‘st va hatto sevikli yori ham u bilan ketmadi…
Yolg‘iz qoldi…amallari bilan
Bir o‘zi - YOLGʻIZ!!!
@Tasirli_gaplar — Хаёт мактаби