Eldor Aripov Kuala-Lumpurda parlament va Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
SMTI direktori Eldor Aripov Malayziyaga tashrifi chog‘ida mamlakat parlamenti va Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘zA muxbiri “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning "Siyosat va yangiliklar" tahririyati bo‘lim mudiri Nasiba Ziyodullayeva O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Jonli ijro san’atini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi
Senatning uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qizg‘in muhokama qilindi.
Xitoylik olimlar suvosti kemasidan uchiriladigan, ham suv ostida harakatlanadigan, hamda havoda uchadigan dunyodagi birinchi dronni ishlab chiqdi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.
Aleksandr Makedonskiy aks etgan tanga topilgan manzil turistik maskanga aylantiriladi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan qadimiy Uzundara manzilgohi yunon va mahalliy me’morchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan noyob yodgorlikdir.
Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayol yana o‘sha xonadonda qoldirilmaydi
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarga qaramay, afsuski, jamiyatda oilaviy-maishiy zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlanayotganlar ham bor. Zo‘ravonlikka uchragan ayollarga himoya orderi beriladi, ammo ayol yana zo‘ravonning uyida qolishga majbur bo‘lardi.
Voyaga yetmagan va 60 yoshdan oshgan shaxslar pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi
Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Mikromoliyaviy xizmatlarga oid qonunchilik takomillashtirilmoqda
Senatning uchinchi yalpi majlisida “Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Propiska bilan bog‘liq muammolar odamlarimizda uzoq yillar norozichilik tug‘dirgan
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga fuqarolarning doimiy ro‘yxat (propiska)ga o‘tishi yaqin o‘tmishda juda qiyin masala edi. Buning oqibatida mutaxassislar o‘zlari xohlagan tashkilotda ishlash, o‘zlari istagan joyda yashash huquqini amalga oshira olmay sarson bo‘lgani sir emas. Keyinchalik davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan bunday cheklovlar barham topdi.
Senat: oziq ovqat xavfsizligi – global muammolardan biridir (+video)
2024 yilda O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziqlanishni ta’minlashning 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilingan.
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun sport bilan shug‘ullanish mutlaqo bepul (+video)
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 8 noyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish, sport inshootlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish va ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Maktablardan birida sil kasalligi aniqlangani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi umumta’lim maktablaridan birida sil kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.
O‘zmilliybank yashil moliyalashtirish sohasidagi yutuqlari uchun YeTTB mukofoti bilan taqdirlandi
2025-yil 21-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (O‘zmilliybank) Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YеTTB) O‘zbekistonda yashil moliyalashni rivojlantirishdagi yutuq va taraqqiyotiga bag‘ishlangan tadbirida ishtirok etdi. Tadbir Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi (GEFF) va Savdoga ko‘maklashish dasturi (TFP) doirasida tashkil etildi.