“The New York Times” gazetasi Buxoroni 2025 yilda tashrif buyurishga arziydigan shaharlar qatoriga kiritdi
Amerikaning yetakchi nashri “The New York Times” Buxoro shahrini 2025 yilda tashrif buyurishga arziydigan 52 ta eng yaxshi joy ro‘yxatiga kiritdi. Nashr Buyuk ipak yo‘lidagi muhim nuqta bo‘lgan ushbu qadimiy shaharga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.
2025 yilning yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi katta tashabbus bilan boshladi. Gap shundaki, 2024 yilning 25 dekabridan 2025 yilning 5 yanvar kuniga qadar respublikamizning barcha hududlarida “Dolzarb 10 kunlik” tozalik tadbirlari tashkil etildi.
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025 yilgi bosqichiga start berildi
Ma’lumki, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qat’iyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan.
Oliy Majlis qonunchilik palatasining 2025-yil 7-yanvar kuni boʻlib oʻtgan majlisida Oʻzbekistonda elektron sigaretalarni butunlay taqiqlash koʻzda tutilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilib, qabul qilindi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Samarqandga 2025 yilda 3 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb etiladi
2024 yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida 1 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi va avvalgi yilga nisbatan 163 foizlik natijaga erishildi.
Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 700 mlrd. so‘m zarar yetkazildi (+video)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Chirchiq daryosi hududida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Investitsiya faoliyatini asossiz tekshiruvlardan himoya qilishga oid me’yorlar joriy etiladi
Mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni faol jalb qilish, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy investor hamda tadbirkorlarning huquqlarini kafolatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Endilikda pasportning elektron shakli ham rasman tan olinadi
Joriy yilning 1-iyul sanasidan boshlab shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qogʻoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni soʻraydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining aniqlik kiritishicha, endilikda my.gov.uzdagi shaxsni tasdiqlovchi, haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlarning raqamli (elektron) shakllari rasman tan olinadi. Bunda my.gov.uz platformasi hamda “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy tartibda qabul qilinadi.
“USTOZ AI” loyihasi doirasida 70 ming nafardan ko‘proq yoshlar bepul bilim olmoqda
Bugungi kunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarni xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish maqsadida keng-ko‘lamli vazifalar amalga oshirilmoqda. Xususan, agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan “Mutolaa”, “Ibrat Farzandlari”, “USTOZ AI”, “Yoshlar uchun ming kitob”, “WikiStipendiya”, “Qizlar akademiyasi”, “Top 100”, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Modul5” kabi loyihalar orqali minglab yoshlarimiz til o‘rganib, kasb egasi bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 6,6 milliard dollarga oshdi
O‘zbekiston Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralarining 2025 yil 1 yanvar holatiga qoldig‘i yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, 2024 yil davomida rasmiy zaxiralarning umumiy miqdori 34,56 milliard dollardan 41,18 milliard dollarga yoki 19,1 foizga oshgan.