⚡“Haj” va “Umra” ziyoratlari bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
Mamlakatimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida fuqarolarimizning “Haj” va “Umra” amallarini xavfsiz hamda munosib bajarishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Lekin, ayrim shaxslar tomonidan, respublikamizda amalda bo‘lgan tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda, fuqarolarni Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborishga urinish holatlari uchrab turibdi.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan joylarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida shu kabi qonunbuzilishlarga chek qo‘yildi.
Jumladan, Namangan shahrida yashovchi, 1966 y.t. O.S. mahalliy fuqaro hamda uning onasini turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi MCHJ orqali 2025 yilgi “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga farz amallarini bajarish uchun yuborish evaziga
10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.Boshqa holatda esa, Guliston shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi ta’sischisi G‘.A. tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasada, Sirdaryo tumanida yashovchi fuqaro va uning 4 nafar qarindoshini “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 6000 AQSH dollari talab qilib,
oldindan 400 AQSH dollari va 1,3 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.Bunday noqonuniy holatlar Surxondaryo viloyatida ham qayd etildi. Xususan, Sariosiyo tumanidagi sayyohlik firmasi ishchisi D.R. hech qanday vakolati bo‘lmasada, mahalliy fuqaroni “Umra” amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga
1100 AQSH dollari va 200 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.Denov shahridagi sayyohlik firmasi rahbari Sh.Q. 1975 y.t. fuqaroni “Umra” safariga yuborishni va’da qilib, evaziga 1000 AQSH dollari va 1 mln 280 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan bo‘lsa, Denov tumanida yashovchi, 1990 y.t. X.N. o‘zganing ishonchiga kirib, unga o‘zi ishlayotgan sayyohlik yo‘nalishidagi MCHJ orqali “Umra”ga borishlik uchun imtiyozli yo‘llanmasi borligini aytib, uni Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborish evaziga
1200 AQSH dollari va 650 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:🏫 @uzauz