Yondashmoqmi yoki yondoshmoq?
Yondosh degan soʻz bor.
Yonma-yon, bir-biriga bogʻliq, parallel kabi maʼnolarni anglatadi:
yondosh qishloq, bir-biriga yondosh.
Yondashmoq esa
yonma-yon kelmoq, yaqinlashmoq, maʼlum bir nuqtai nazardan qaramoq degani: yondashib oʻtirmoq, muammoga jiddiy yodashmoq.
Imlo lugʻatida
yondoshmoq soʻzi berilmagan. Izohli lugʻatning oldingi nashrlarida
yondoshmoq yondashmoqning koʻrinishi sifatida koʻrsatilgan edi. Olti jildda va lotin imlosida bosilgan yangi nashrida bu xato
toʻgʻrilanibdi va soʻz
yondashmoq shaklida berilibdi. Demak, feʼlning faqatgina
yondashmoq varianti toʻgʻri.
❗️ Yonma-yon maʼnosidagi
yondosh soʻzini
yondash shaklida qoʻllab boʻlmaydi. Feʼl boʻlganda esa ishlatish mumkin
(yaxshiga yondash).
📌 Demak:
Yondosh uy
✅
Yondash uy
❌
Yondashmoq ✅
Yondashmoq
❌
Yondashuv
✅
Yondoshuv
❌
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib