View in Telegram
Yondashmoqmi yoki yondoshmoq? Yondosh degan soʻz bor. Yonma-yon, bir-biriga bogʻliq, parallel kabi maʼnolarni anglatadi: yondosh qishloq, bir-biriga yondosh. Yondashmoq esa yonma-yon kelmoq, yaqinlashmoq, maʼlum bir nuqtai nazardan qaramoq degani: yondashib oʻtirmoq, muammoga jiddiy yodashmoq. Imlo lugʻatida yondoshmoq soʻzi berilmagan. Izohli lugʻatning oldingi nashrlarida yondoshmoq yondashmoqning koʻrinishi sifatida koʻrsatilgan edi. Olti jildda va lotin imlosida bosilgan yangi nashrida bu xato toʻgʻrilanibdi va soʻz yondashmoq shaklida berilibdi. Demak, feʼlning faqatgina yondashmoq varianti toʻgʻri. ❗️ Yonma-yon maʼnosidagi yondosh soʻzini yondash shaklida qoʻllab boʻlmaydi. Feʼl boʻlganda esa ishlatish mumkin (yaxshiga yondash). 📌 Demak: Yondosh uy Yondash uy Yondashmoq Yondashmoq Yondashuv Yondoshuv 👉 Toʻliq oʻqish @oriftolib
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily