Смотреть в Telegram
Poytaxt ijara bozori. Vaziyat qanday? O‘zbekistonda xonadonlarga bo‘lgan talab va shu bilan birga narxlar ham o‘syapti. Sabablari shu yerda.  Hozir bu jarayon Toshkent ijara bozorida ham kuzatilyapti. Sentyabr yaqinlashgan sari ijaraga bo‘lgan talab kuchayib, avgustda narxlar birdan ko‘tarildiBu o‘rtacha ta’mirlangan uylarda aniq sezildi  Kimdir bir xonali kichik uy izlayotgan bo‘lsa, ijara narxi biroz ko‘tarilganini sezishi mumkin(+1,3 foiz).  Bu ko‘rsatkich ikki va to‘rt xonali uylar uchun 2 foizdan ham oshib ketdi. Narxlarni ko‘rib, “Nega aynan o‘rtacha ta’mirlangan uylar shunchalik qimmatlashdi?”, deyish mumkin. Javob oddiy – bunday uylar oilalar va talabalar uchun eng maqbul tanlov. Bir tomondan, ular hashamatli emas, boshqa tomondan, yashash uchun yetarlicha qulay. Sergeli va Olmazor kabi markazdan uzoqroq tumanlarda ijara narxlari nisbatan pastroq. Masalan, u yerlardan 1 xonali uyni 285 dollarga ijaraga olish mumkin. Ammo Mirobod yoki Yakkasaroyda bunday uylar ijara narxi 350 dollardan boshlanadi. To‘liq ta’mirlangan uylardagi “paradoks” Qizig‘i shundaki, katta uylar (3 va 4 xonali)ning ijara narxlari biroz tushdi – 2 foizga. Lekin shunday bo‘lsa ham narxlar balandligicha qolmoqda.  Masalan, eng arzon to‘liq ta’mirlangan uylarni Sergeli yoki Uchtepa tumanlaridan topish mumkin. 4 xonali uylar uchun ijara narxi o‘rtacha 650 dollar atrofida.   Lekin eng qimmat joylar – Mirobod va Shayxontohurda to‘liq ta’mirlangan 4 xonali uylar ijarasi 1200 dollardan oshib ketadi. Uy-joyga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolishi va bozordagi yetishmovchilik sabab narxlar ko‘tarilaveradi. Bu esa, ijara bozorida ham o‘z aksini topadi. Rasm: OLX @beshtorr #koʻchmasmulk #ijara
Telegram Center
Telegram Center
Канал