Poytaxt ijara bozori. Vaziyat qanday?
O‘zbekistonda xonadonlarga bo‘lgan talab va shu bilan birga narxlar ham o‘syapti. Sabablari
shu yerda.
Hozir bu jarayon Toshkent ijara bozorida ham kuzatilyapti. Sentyabr yaqinlashgan sari ijaraga bo‘lgan talab kuchayib, avgustda narxlar
birdan ko‘tarildi.
Bu o‘rtacha ta’mirlangan uylarda aniq sezildi
Kimdir bir xonali kichik uy izlayotgan bo‘lsa, ijara narxi biroz ko‘tarilganini sezishi mumkin(
+1,3 foiz).
Bu ko‘rsatkich
ikki va to‘rt xonali uylar uchun
2 foizdan ham oshib ketdi.
Narxlarni ko‘rib, “Nega aynan o‘rtacha ta’mirlangan uylar shunchalik qimmatlashdi?”, deyish mumkin.
Javob oddiy – bunday uylar oilalar va talabalar uchun eng maqbul tanlov. Bir tomondan, ular hashamatli emas, boshqa tomondan, yashash uchun yetarlicha qulay.
Sergeli va Olmazor kabi markazdan uzoqroq tumanlarda ijara narxlari nisbatan pastroq.
Masalan, u yerlardan
1 xonali uyni
285 dollarga ijaraga olish mumkin. Ammo Mirobod yoki Yakkasaroyda bunday uylar ijara narxi
350 dollardan boshlanadi.
To‘liq ta’mirlangan uylardagi “paradoks”
Qizig‘i shundaki, katta uylar (
3 va 4 xonali)ning ijara narxlari biroz tushdi –
2 foizga. Lekin shunday bo‘lsa ham narxlar balandligicha qolmoqda.
Masalan, eng arzon to‘liq ta’mirlangan uylarni Sergeli yoki Uchtepa tumanlaridan topish mumkin.
4 xonali uylar uchun ijara narxi o‘rtacha
650 dollar atrofida.
Lekin eng qimmat joylar – Mirobod va Shayxontohurda to‘liq ta’mirlangan
4 xonali uylar ijarasi
1200 dollardan oshib ketadi.
Uy-joyga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolishi va bozordagi yetishmovchilik sabab narxlar ko‘tarilaveradi. Bu esa, ijara bozorida ham o‘z aksini topadi.
Rasm: OLX
@beshtorr
#koʻchmasmulk #ijara